O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokamasi qizg‘in tus oldi. Qonun loyihasiga fraksiya taklifi mas’ul qo‘mita tomonidan hisobga olinmagani e’tirozga sabab bo‘ldi.

GAP NIMADA?

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasida «1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi», deb belgilangan.

Misol uchun, sobiq jamoa xo‘jaligida 1980 yilda erkaklar uchun 220 kun, ayollar uchun 160 kun mehnat minimumi o‘rnatilgan. O‘sha yillarda qishloq xo‘jaligida me’yor (norma)larni bajarishga talab qattiqligi hisobga olinsa, aksariyat ishchi-xodimlar mehnat minimumini bajarishgan. Lekin yillar o‘tib, ular pensiyaga chiqish paytida sobiq jamoa xo‘jaligining bu haqdagi qarorini taqdim eta olishmagan. Buning asosiy sababi, mehnat minimumi to‘g‘risidagi qarorlar o‘z vaqtida arxivga topshirilmagan yoki yo‘qolgan. Ammo bu holatda mehnat majburiyatini bajargan, pensiya yoshiga yetgan fuqarolarimiz aybdor emas. Ular tizimdagi kamchilik tufayli yillar davomida jabr ko‘rmoqda.

Aynan mazkur norma tufayli qishloq xo‘jaligida mehnat qilgan fuqarolarga o‘sha vaqtlarda boshqa sohalarda ishlagan kishilarga 2-3 barobar kam pensiya hisoblanmoqda va bu holat ijtimoiy adolat tamoyillariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zXDP fraksiyasi shuning uchun «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasiga “jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda ushbu yildagi mehnat bilan qatnashish kunlari sonidan qat’i nazar, har bir ishlab berilgan yil ish stajiga bir kalendar yil sifatida qabul qilinadi» mazmunidagi me’yor kiritishni taklif qildi. Lekin mas’ul qo‘mita mutasaddi tashkilotlar bilan maslahatlashgan shekilli, bu taklifni qabul qilmabdi.

Taklif bo‘yicha Moliya vazirligining munosabati so‘ralganida, turli asossiz vajlar keltirildi, xususan, pensiya jamg‘armasining moliyaviy imkoniyatlari kamaygani ko‘rsatildi. Qishning qahratonida, yozning jaziramasida og‘ir mehnat qilib, pensiya kamligi tufayli qarilik chog‘ida ham muammolarga duch kelayotgan minglab otaxon va onaxonlarga kelganda pul yetmasmish. Bu qanday munosabat? Mablag‘ yetishmasligidan nega pensionerlar aziyat chekishi kerak?.. Fraksiya a’zolarining bu savollari hozircha javobsiz qolyapti.

Xalq demokratik partiyasi

Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dehqonga kelganda pulimiz yetmay qoladimi?..