Dehqonchilikdan daromadi oshayotgan yoshlar (+video)
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shunga ko‘ra, dehqonchilikni kasb qilgan yoshlar ham talaygina. Ana shunday yoshlardan biri Jizzax viloyati Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi Shavqiddin Mustafoyevdir.
Qahramonimizga dehqonchilik uchun 60 sotix yer ajratilgan. Yerdan samarali foydalanish va daromad olishni niyat qilgan Shavqiddin loviya va kartoshka ekib, dehqonchilik qilmoqda.
Shavqiddin bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning "You Tube" tarmog‘ida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2zdzbKEOXXA" title="Dehqonchilikdan daromadi oshayotgan yoshlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, O‘zA