O‘zbek turizmi bugungi kunda dunyo bo‘ylab keng masshtabda o‘z brendini yarata oldi. Mamlakatimiz turizm salohiyati nafaqat mahalliy doirada, balki jahon arenasida ham keng namoyish etilmoqda. O‘tgan yilning o‘zida ayni sohadagi ishlar rivojlandi, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi kabi qator mamlakatlarda ko‘rgazmalar bilan qatnashdik.

2025 yilda ham O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ko‘plab xalqaro anjumanlarda ishtirok etishni ko‘zlagan. Ulardan biri – Hindiston poytaxti Dehli shahri tashkil etilgan, 32 yildan buyon o‘tkazilayotgan Janubiy Osiyo mamlakatlari turizm yarmarkasi – SATTE bo‘ldi.

2 mingdan ziyod stend hamda dunyo bo‘ylab 40 mingdan ortiq tashrif buyuruvchini jalb qilgan mazkur ko‘rgazma sayohat sanoatidagi eng yirik platforma sifatida o‘rnini yanada mustahkamlagan bo‘lsa ajab emas. Mamlakatimiz paviloni O‘zbekistonga sayohat qilishga qiziquvchi fuqarolar uchun barcha takliflarni taqdim etish bilan bir qatorda turli xalqaro kompaniyalar bilan shartnomalar imzolashga, turli yo‘nalishlarda kelgusi rejalarni kelishib olishga ham xizmat qilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasining Hindistonga tashrifi faqatgina yarmarkada ishtirok etish bilan cheklanib qolmay, Dehlidagi Menejment ta’limi va tadqiqot institutida yurtimiz turizmi va madaniyati taqdimotiga bag‘ishlangan madaniy tadbir ko‘rinishida ham davom etdi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda institut xodimlari, yoshlar va mehmonlar ishtirok etib, O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

– Biz O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi, elchixona jamoasini, ommaviy axborot vositalari vakillarini Dehlidagi Menejment ta’limi va tadqiqot institutida ko‘rganimizdan xursandmiz, – dedi institut vitse-prezidenti, professor Lalitta Agirvan. – Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyevning Hindistonga tashrifi ayni sohadagi hamkorligimizni muhokama qililishga va ikki mamlakat yoshlari uchun qiziq bo‘lgan madaniy tadbirlar tashkil etishga xizmat qildi. Bizning madaniy aloqalarimiz chambarchas bog‘liq. Institut talabalari uchun O‘zbekistonga ekskursiya tashkil qilishni reja qilganmiz. Temuriy, Buxoriy, Termiziy va Boburiylar yurtini ziyorat qilish, tarixni chuqurroq o‘rganish bizning asosiy maqsadimiz.

O‘zbek san’ati, madaniyati va turizmi taqdimot qilingan anjumanning ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisi ikki tomonlama aloqani yanada rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar xususida alohida to‘xtaldi.

Kuy-navolar, turli raqslar ila o‘tgan tadbir Hindiston raqs guruhi chiqishlari bilan o‘zgacha bo‘ldi. O‘zbek “Bahor” ansambli jamoasining yorkin raqslari va sozandalarning milliy cholg‘u-asboblarida kuy-qo‘shiqlar ijro etgani esa hindistonlik talabalar uchun mamlakatimiz jozibadorligini oshirishga xizmat qildi. Bunday tadbirlar nafaqat O‘zbekistonga e’tiborni tortadi, balki sayyohlar oqimining ko‘payishiga ham olib keladi.

– Men O‘zbekiston madaniyati bilan yaqindan tanishman, sayyohlik imkoniyatlari keng, bizning institutimizda ham o‘zbek hayoti, uning madaniyati, san’ati haqida gapirishadi, talabalarimiz yurtingiz haqida yaxshi biladi, – deydi institut talabasi, yosh jurnalist Nidhi. – O‘zbek filmlarini tomosha qilganmiz, meni o‘ziga jalb qilgan narsa – o‘zbek ayollarining o‘ziga xos milliy kiyimlari – atlas va adraslari. Madaniy tadbir davomida o‘zbek milliy raqsiga guvoh bo‘ldik. Masalan, lazgi juda qiziqarli va katta taassurot qoldirdi. Umid qilamizki, biz kelgusida yana mamlakatingiz san’ati bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Batafsil YouTube tarmog‘imizda tomosha qilishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1709JdPiqhQ" title="Dehlidagi mashhur institutda O‘zbekiston turizmi va madaniyati taqdimoti o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,

Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dehlidagi mashhur institutda O‘zbekiston turizmi va madaniyati taqdimoti o‘tkazildi (+video)