Dehli sarhadlarida bo‘y cho‘zib turgan 73 metrlik Qutb Minor poytaxtning ajoyib yodgorligi va ramzlaridan hisoblanadi.
Jahon merosi bo‘lmish ushbu ob’ekt 1192 yili hindlar ustidan g‘alaba qozonib, Dehlining birinchi sultoni bo‘lgan Qutbiddin Oybek tomonidan zafar minorasi sifatida qurdirilgan.Qizg‘ish qumdan ko‘tarilgan yodgorlik mamlakatdagi musulmonlarning ilk obidalaridan hisoblanadi.


U keyinchalik uch voris tomonidan yana balandroq ko‘tarilgan va ta’mirlangan. Hozir uning balandligi 5 qavatni tashkil qiladi va tepaga 379 ta zina orqali ko‘tarilish mumkin. Minora tarhi konussimon, g‘arovli, g‘ranit bloklar ganchhok bilan mustahkamlab qurilgan, balandligi 72,6 m, diametri asosida 14,74 m, uchida 3,05 m. Quyi 3 qatlam turli rangdagi qumtosh bilan, yuqori 2 qatlami oq marmardan deyarli bezaksiz qayta tiklangan.


Minora belbog‘iga muqarnas naqshlar ishlangan, sultonlar tarixi, ularga madhiya, Qur’on oyatlari yozib bezatilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YQaierphbHQ" title="Dehli. Qutb Minor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov (video), O‘zA