De la Fuente: “Biz oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishdik”
Hakamlik haqida hech qanday talabimiz yo‘q.
De la Fuente: “Maqsadimizga erishdik”
Luis de la Fuente JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Urugvay milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bahs yuqori darajada va keskin kurashlar ostida o‘tganini ta’kidladi.
"Bu juda og‘ir va murakkab uchrashuv bo‘ldi. Raqib ba’zi vaziyatlarda qo‘pol o‘ynadi, ammo bunday holatlarni baholash hakamlarning vazifasi. Futbolchilarimiz bunday o‘yinlarga tayyor bo‘lishi va vaziyatni to‘g‘ri tushunishi muhim edi.
Hakamlik haqida hech qanday talabimiz yo‘q. Muhimi, bizdan hech narsa tortib olinmadi. Biz nazorat qila olmaydigan masalalarga e’tibor qaratmaymiz.
Yeremi Pinoning jarohatiga kelsak, afsuski, yelka yoki o‘mrov suyagida muammo bo‘lishi mumkin. Ertaga u tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va jarohatning qanchalik jiddiy ekani ma’lum bo‘ladi. U hozir qattiq og‘riqni his qilmoqda, ammo maydonda haqiqiy fidoyilik ko‘rsatdi.
Guruhda birinchi o‘rinni egallashni xohlagandik va bunga erishdik. Nufuzimiz ham shuni talab qiladi. Biz o‘yinimizni yaxshilashda davom etyapmiz va bugungi natijadan juda mamnunmiz", — dedi de la Fuente.