Daxlsiz hududdagi 636 ta mina yoʻq qilindi
Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari ikki koreys davlati orasidagi daxlsiz hududdagi 636 ta minani yoʻq qilishdi.
Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari ikki koreys davlati orasidagi daxlsiz hududdagi 636 ta minani yoʻq qilishdi. Bu saʼy-harakatlar ikki davlat oʻrtasidagi harbiy kelishuvga koʻra amalga oshirildi. Bu haqda janubiy mamlakatning “Yonhap“ agentligi Respublika mudofaa vaziri Chon Kyon Duning bayonotiga asosan xabar beradi.
Vazirga koʻra, daxlsiz hududning Janubiy Koreya tomoniga tegishli hududidan minalar topilmagan. Bundan tashqari, ikki koreys davlati oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, kuzatuv punktlarini yoʻqotishga ham kirishilgan. Bunday punktlar shimolda 160 ta, janubda esa 60 tani tashkil qilardi.