Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni to‘qimachilik va charm sanoatidagi islohotlar natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi.
Unda soha bo‘yicha yakunlanib borayotgan yil sarhisobi, erishilgan yutuqlar, shuningdek, ishlab chiqarishdagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar haqida ham axborot berildi. Mas’ul tashkilotlar rahbarlari taqdimoti tinglandi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron VAHOBOV davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar, ilgari surilgan tashabbuslar, amalga oshiriladigan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berdi.
Videolavhani O‘zAning YouTube tarmog‘i orqali tomosha qiling.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/pvpPow97mzU?si=iLDcBb0VeBAO6pLU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev,
Asliddin Alijonov va Iskandar Ismatov (video), O‘zA