O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida uyushma a’zosi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Abdullo Nasriddinovning «Davr – buyuk ma’rifatparvar taqdirida» monografiyasining taqdimoti atoqli o‘zbek shoiri Hamza Hakimzoda Niyoziy shaxsi, hayoti, faoliyati, unga bo‘lgan munosabatlarga qaysidir ma’noda oydinlik kiritishga yordam beradi.

Nima uchun Hamza hamon zamonlar toshbo‘ronidan xalos bo‘la olmayapti? Uning e’tiqodi, qarashlariga oydinlik kiritiladimi? Yangi monografiya taqdimoti, yana ham to‘g‘rirog‘i, «Davr – buyuk ma’rifatparvar taqdirida» monografiyasi ushbu savollarga javob berishi bilan diqqatga sazovor.  

– Jadid bobolarimizning ijodini ko‘p o‘rganganmiz, degan gapni to‘liq aytish mushkul, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid. – Jumladan, Muqimiy, Zavqiy, Furqat, Avloniy, Behbudiy, Qodiriy, Hamza ijodi bugun ham o‘ta dolzarbdir. Hamzaning sahna asarlarida orzu-umidlari mujassam. Uning «Nihon» taxallusi ostida yozgan g‘azallari musiqiy tadbirlarda baralla yangramoqda. Hamzadek ijodkorni xalqimizga chin ma’noda tanitishda Abdullo Nasriddinov kabi olimlarimizning roli katta. 

– Yaxshi adabiyotning ruhi ertangi kunga ham ko‘chib o‘tadi, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Farog‘at Xudoyqulova. – Yaqingacha Hamza haqida yarim ijobiy, yarim salbiy fikrga ega edik. Bu ijodkor haqidagi o‘ylarimiz, tasavvurlarimiz asosan «Olovli yo‘llar» badiiy filmi orqali shakllangandi.  O‘zbek adabiyoti fidoyilarining qismatida juda og‘ir kunlar o‘tganining guvohi bo‘lamiz.  

Adabiyotimiz rivojiga hissa qo‘shib tazyiqqa uchramagan ijodkorning o‘zi bo‘lmasa kerak. Aslida Hamza o‘zbek adabiyoti, or-nomusi, san’ati, madaniyati, ma’rifatini yuksaltirish uchun umrini bag‘ishlagan edi.  

«Davr – buyuk ma’rifatparvar taqdirida» monografiyasida Hamzaning achchiq qismati haqida hikoya qilinadi. Hamza she’riyati, uning qarashlari, g‘oyasi zamirida nima bor edi? U o‘zbekning kelajagini qanday ko‘rar edi, degan savollarga ushbu yangi risolada javob bor.  

– "Haqiqatni aytish uchun inson kafanni o‘zi bilan ko‘tarib yurishiga to‘g‘ri keladi", dedi professor Qiyomiddin Nazarov. – Bu jihatni Hamza ijodiga ham qo‘llash mumkin. Unga munosabat, u haqidagi fikrlar bir-biridan farqlanadi va ayni paytda bir-biri bilan bog‘langan.  

Hamza kim edi? Tarixiy manbalardan ma’lumki, bolsheviklar yangi tuzumga o‘tishda ma’rifatparvarlarni ham qurbon qilganlar. Hamza butun ijodini, iqtidorini xalqqa bag‘ishlagan, ayni paytda o‘z davriga sig‘magan shaxsdir. Uning pedagogikaga oid asarlari Avloniy, Ismoil G‘aspirali asarlaridan, she’riyati va dramaturgiyasi esa jahon she’riyati va dramaturgiyasi bilan bellasha oladigan ijoddir.  

Milliy teatr san’atimizning ravnaqi ham uning nomi bilan chambarchas bog‘liq. Yurtimizda Hamza asarlarini sahnalashtirmagan teatr jamoasining o‘zi yo‘q. Afsuski, Hamza haqidagi bo‘htonlarga bir necha yillar davomida indamay kelindi. Abdullo Nasriddinov ushbu monografiyasi ustida ko‘p yillar davomida izlanish olib bordi.  

– Hamzaning asarlari hamon xorijiy mamlakatlar teatrlarida qo‘yib kelinmoqda, – dedi «Davr – buyuk ma’rifatparvar taqdirida» monografiyasi muallifi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Abdullo Nasriddinov. – Hamza ta’limni tarbiya bilan birgalikda olib borishga chorlagan ijodkordir. Uning ijodi, shaxsiyati haqida uzoq yillar sotsializm kuychisi, ateist sifati baho berib kelindi. Nazarimda, aksariyat ziyolilar Hamza Hakimzoda Niyoziy haqidagi o‘z fikrlarini o‘zgartirishdan cho‘chigan bo‘lishsa kerak. Vaholanki, Hamza zamon kuychisi edi. Uning she’riyati esa mafkuraga moslab chetdan o‘zgartirilgani ma’lum. U o‘z davrining kirdikorlarini ko‘ra olgan va ayta olgan ijodkor edi. Monografiyada ayni jihatlarga ham e’tibor qaratilgan.  

Darhaqiqat, O‘zbekistonda keyingi 100 yil davomida Hamza Hakimzoda Niyoziyga bo‘lgan munosabat bir necha bor o‘zgardi. Sobiq sho‘rolar davrida ham ayrim mafkurachilar shoirning nomi va ishlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, uni avvaldan tayyorlangan muayyan qolipga soldilar. Ayniqsa, shoirni dahriylik va din dushmanida ayblab, ateistga aylantirib qo‘yilgani bu xatolarning eng muhimi va soxtasi edi.  

«Davr – buyuk ma’rifatparvar taqdirida» monografiyasida o‘zbek adabiyotiga jadid shoir sifatida kirib kelgan, keyinchalik sho‘rolar mafkurasiga ishonch bildirib, uni o‘z ixtiyori bilan qabul qilgan, o‘z davrining haqiqatini baralla ayta olgan, xalq qalbida va adabiyotimizda manguga qolgan Hamza Hakimzodaning dinga munosabati atroflicha ochib berishga harakat qilingan.

Taqdimot tadbirida O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti tomonidan chop etilgan mazkur monografiya xususida batafsil so‘z yuritildi.   

Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Davr – buyuk ma’rifatparvar taqdirida» monografiyasi – Hamza shaxsiga o‘ziga xos nazar...