Tibbiyot

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda butun dunyoda qandli diabet kasalligiga chalinish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘sdi. Mutaxassislarning aytishicha, buning asosiy sabablari noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlilik va hissiy depressiya hisoblanadi. “Shirin” xastalikka chalinmaslik yo‘li ham oson, ham qiyin. Osonligi shundaki, xastalik yuqumli emas va sog‘lom turmush tarziga rioya etish orqali bemalol undan uzoqlashish mumkin. Mushkullik ham ayni shunda ko‘rinadi: hammamiz ham to‘g‘ri ovqatlanishga, jismoniy faollikka rioya etavermaymiz.

Akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida diabet bilan og‘rigan bemorlarni davolash bilan birga, xastalikning oldini olish, jumladan, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, soddaroq aytganda, diabetga chalinish sonini imkon qadar kamaytirish borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, davlatimiz rahbari tomonidan e’tibor qaratilayotgan eng muhim jihat ham xastaliklarni erta aniqlash, “davolash emas, oldini olish” tamoyiliga asosan ish ko‘rishdir.

Filialda tashkil etilgan “Diabet maktabi” bu xastalik bilan og‘rigan bemorlarga ilmiy asoslangan tavsiyalarni berish, foydali ko‘nikmalarni hosil qilishga ko‘maklashadi.

– Qandli diabet oshqozon osti bezi faoliyatida buzilish yuz berishi, insulin ishlab chiqarilishi kamayishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunga asosan noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlilik, ortiqcha vazn va irsiy moyillik sababchi. Ko‘p hollarda kasallik alomatlariga e’tiborsizlik qilamiz, – deydi “Diabet maktabi” bosh yo‘riqchisi Nodira Ulug‘bekova. –Odatda, bemorlar parhez so‘zini eshitishi bilanoq qo‘rquvga tushishadi, juda mushkul vazifa yuklanayotganday sezishadi o‘zlarini. Biz ularga o‘zini-o‘zi nazorat qilishni, soddaroq aytsak, “qandli diabet bilan yashash”ni o‘rgatamiz.

O‘quv mashg‘ulotlarida bu yuqumsiz xastalikning kelib chiqishidan tortib, asoratlariga qarshi muolaja tadbirlarigacha, hayot tarzini rejalashtirish va foydali taomlanish usullari haqida tushunchalar beriladi, og‘ir bosqichlarning oldini olish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilinadi. 

–Dastlab bu kasallikka chalinganimni bilganimda, rosti, qo‘rqib ketganman. “Diabet maktabi”da o‘tkazilgan mashg‘ulot va darslardan keyin o‘zimni nazorat qilishni o‘rgandim, sog‘lom ovqatlanishga o‘tdim. O‘n yildan buyon shu kasallik men bilan yashayapman. Hozir holatim yaxshi. Buning uchun barcha shifokorlardan minnatdorman, – deydi Oltiariq tumanidan kelgan bemor Muhammadjon Hasanboyev. – Asosiysi, bu yerda o‘rganganlarimni do‘stlarim, qarindosh-urug‘larimga ham uqtiryapman, kasallikni chetlab o‘tish uchun nimalarga e’tibor berish zarurligini o‘rgatyapman. O‘zim ularga namuna sifatida barcha yo‘l-yo‘riqlarga amal qilaman. 

Diqqatga sazovor jihati, filial mutaxassislari tomonidan joriy yilda 815 ming nafarga yaqin aholi vakillari skriningdan o‘tkazilishi belgilab olingan bo‘lsa-da, yanvar oyining o‘zida 90 ming nafardan ortiq fuqaro skriningdan o‘tkazildi. Albatta, bu sa’y-harakatlar xastalikni erta aniqlash, dastlabki bosqichlardayoq davolash ishlarini boshlash, aholiga zarur tavsiyalar berishga zamin yaratadi.

– Qandli diabet kasalligi yil sayin “yosharib” bormoqda. Ayniqsa, uning 1-turi bir-ikki yashar bolalarda, hatto 5-6 oylik chaqaloqlarda ham aniqlanyapti, – deydi filial endokrinologi Olimjon Xolbekov. –Shuning uchun hozirgi paytda barcha shahar-tumanlardagi patronaj hamshiralarga ham endokrin kasalliklar, uning alomatlari va profilaktikasi xususida tushunchalar berib kelmoqdamiz. Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmalarida imkon darajasida xavf guruhidagi fuqarolar uchun o‘rin-koykalar ajratilgan. Natijada o‘tgan yili sarhisobiga ko‘ra, filialimizda 5 ming nafar bemorga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, tuman-shaharlarning o‘zida 15 ming bemor davolandi. Bu bilan aholining uzog‘ini yaqin qilishga erishildi.

Filialda zamonaviy laboratoriya, diabetologiya, umumiy endokrinologiya, nefropatiya, xirurgiya, reanimatsiya, okulist kabineti kabi bir qancha bo‘limlar bo‘lib, ularda malakali shifokorlar xizmat qilishmoqda. E’tiborlisi, shifokorlar kabinetda o‘tiribgina bemorlarni qabul qilishmaydi, joylarga chiqib, xonadonma-xonadon yurib, o‘z tavsiyalarini berishmoqda. Shuningdek, maslahat poliklinikasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda har kuni 150 nafar fuqaroni qabul qilish imkoni yaratilgan.

– Endokrinologiya bo‘yicha maxsus xirurgiya va gemodializ bo‘limimiz vodiyda yagona hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassislarimizning aholi ichiga kirib borishi bosh maqsadimizga aylangan. Xalqimizga diabetga chalinmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerakligini tushuntirish, targ‘ib qilish, diabet holatida to‘g‘ri muolaja olib borishni o‘rgatish harakatidamiz. Bunda elektron ro‘yxatga olish platformalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tashviqot ishlari bizga qo‘l kelmoqda, – deydi filial bosh shifokori Nigoraxon Ibrohimova. –Yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirib kelyapmiz. Kelgusida “Sog‘lom ovqatlanish markazi” tashkil etish rejamiz bor. Bu yerda parhez taomlar pishiriladi, shuningdek, fitobar, fitnes xonalari faoliyat yuritadi, mutaxassislar ma’ruzalari, davra suhbatlari olib boriladi. 

Ayni paytda telegramm, feysbuk kabi tarmoqlarda qandli diabet bo‘yicha bir nechta guruhlar tashkil qilingan, ularda minglab foydalanuvchilar bilan onlayn muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Ota-onalar, keng aholi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislarning batafsil javoblarini, tavsiyalarini olishadi. Bu kanallarda qo‘shni davlatlar fuqarolarining ham murojaatlarini ko‘rish mumkin.

Muassasada amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu tashabbuslarni uzoq sanash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, zamonaviy tibbiyot, tibbiy raqamlashtirish yo‘lga qo‘yilganligi, shaffoflik va qulaylik, “davolash emas, oldini olish” tamoyili asosida ish tashkil qilinganligi xalqimiz olqishiga sabab bo‘lmoqda.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davolash emas, oldini olish muhim