FOTOREPORTAJ
Keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy maktablar soni ortayotgani davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratib, ta’limning yuqori sifatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi ana shunday ta’lim maskanlaridan biri – “Istiqbol Zamon bolalari” nodavlat ta’lim muassasasi qoshida iqtidorli bolalar uchun ingliz tilidagi “IZB MASTERS” maktabi faoliyat boshladi.
[gallery-19131]
“Istiqbol Zamon bolalari” nodavlat ta’lim muassasasida jami o‘quvchilar soni 532 nafardan iborat bo‘lib, ularga 58 nafar o‘qituvchi saboq beradi. Yangi o‘quv yilida 66 nafar o‘quvchi birinchi sinfga qabul qilindi. Muassasa qoshidagi yangi maktabda darslar Prezident maktablari dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi. Mashg‘ulotlarga Janubiy Koreya, Rossiya hamda Buyuk Britaniya davlatlaridan ham o‘qituvchilar jalb etilgan.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar