FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumani hokimi A. Tojimirzayev va sektor rahbarlari bilan umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda yoshlarning turli qatlam vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.   

An’anaviy “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil qilingan tadbirda a’lochi va namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 50 nafar maktab bitiruvchisiga oltin medal topshirildi.  

Uchrashuvda yosh sportchilar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, yosh tadbirkorlar, yosh harbiylar, yosh rahbar kadrlar hamda yetakchilar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlam vakillari o‘z tashabbus va takliflarini, muammolarini ochiq-oydin bayon etib, o‘zaro fikr almashishi uchun imkoniyat yaratildi.

[gallery-17909]

Ma’lumot uchun. Joriy o‘quv yilida tumandagi maktablarni jami 1 ming 547 nafar bitiruvchi tamomladi. Ularning 986 nafari oliy o‘quv yurtlariga, 167 nafari texnikum va kasb-hunar kollejlariga kirish istagini bildirgan bo‘lsa, 394 nafar o‘g‘il-qiz hunar o‘rganish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga ahd qilgan.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodda 50 nafar o‘g‘il-qiz maktabni oltin medal bilan bitirdi