9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Mamlakatimizda jahon miqyosida global muammo sanalgan korrupsiyaga qarshi kurashda samarali chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.  

Prezidentimizning  2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ana shular jumlasidan.

Mazkur  hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan shahri tarkibidagi  Davlatobod tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Namangan viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga asosan “Korrupsiyasiz hudud” loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu asosda korrupsiyaga qarshi kurashish, bu illatni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari, blogerlar, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayev boshchiligidagi tuman sektorlar rahbarlari 16 ta banddan iborat, 40 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan mazkur loyiha doirasida qilinayotgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar bo‘yicha axborot berishdi.

Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tuman hududidagi Orzu, Nurobod, Gulshan, Mustaqillik, Porloq, Xalqlar do‘stligi, To‘quvchi, Davlatobod, Istiqlol va Irvadon mahallalaridagi  aholi gavjum joylarga targ‘ibot ko‘rgazmali bannerlari o‘rnatildi. Istiqlol, Mustaqillik va Porloq mahallalarida joylashgan markaziy chorrahalardagi “Led” monitorli ekranlarga video-roliklar joylashtirilib, har kuni belgilangan muddatlarda e’lon qilib borilmoqda. Shuningdek, savdo markazlari, maishiy xizmat ko‘rsatish maskanlari, “Yashil” dehqon bozori va “G‘irvon” savdo kompleksi hududlarida bu jirkanch illatga qarshi kurashishga undovchi materiallar joylandi.  

Tumanda faoliyat yuritayotgan barcha davlat xizmatchilari xizmat xonasiga korrupsiyaning og‘ir oqibatlaridan xabardor qiluvchi furshetka, flayer va targ‘ibot materiallari o‘rnatildi. Korrupsiyaga duch kelgan holatlarda murojaat qilish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari ro‘yxati shakllantirilib, tuman hokimligi rasmiy veb-saytida yoritildi.

Tuman hokimining tegishli qaroriga asosan hokimlik huzurida faollardan iborat “Jamoatchilik kengashi” tashkil etilib, uning nizomi va 11 kishidan iborat kengash a’zolari tasdiqlangan. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023 yil 11 avgust kuni o‘tkazilgan 34-sessiyasida tuman prokurorining “Korrupsiyasiz hudud” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitilib, bu borada deputatlar tomonidan qaror qabul qilingan.

Qayd etish joizki, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Prezident Xalq qabulxonasi, tuman ichki ishlar bo‘limi, adliya bo‘limida fuqarolarni qabul qilish namunaviy xonalari tashkil etilib, ushbu xonalar kuzatuv kamera moslamalari bilan jihozlangan. Davlat xaridlari sohasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida sohada ochiqlik va shaffoflikka alohida e’tibor qaratildi. Tumandagi buyurtmachilar tomonidan davlat xaridlari bo‘yicha berilgan e’lonlar muntazam monitoring qilinmoqda.

Hozir Davlatobod tumani IIB hisobida 34 nafar profilaktika inspektori faoliyat yuritib, ularning barchasi elektron tartibda xizmat olib borishi uchun planshetlar bilan ta’minlangan.  Ayni kunlarda esa ularni “bodi” kamera bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Tuman prokuraturasi tomonidan sud va huquqni muhofaza qilish organlari bilan kelishgan holda korrupsiya bilan bog‘liq murojaatlar, ma’muriy va jinoyat ishlarining hisobot shakli ishlab chiqilib, hisobot yuritish yo‘lga qo‘yildi. Qolaversa, tuman IIB tomonidan Davlatobodda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar ro‘yxati shakllantirilib, solishtirma tahliliy ma’lumotlar tuzilgan.

Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida Davlatobod tumanida korrupsiya bilan bog‘liq ikkita jinoyat, iqtisodiyot soha va tarmoqlarida 162 ta huquqbuzarlik qayd etildi. Jumladan, tuman soliq inspeksiyasining hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish shu’basi davlat soliq bosh inspektori hamda “Agrobank” Davlatobod filiali boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosariga sodir etgan jinoyatlari uchun ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 209 va 210 moddalariga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq va keng jamoatchilik vakillari “Korrupsiyasiz hudud” loyihasi doirasidagi savollariga batafsil javoblar olishdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobod korrupsiyadan xoli hududga aylanadimi?