O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasida davlat rahbari xalqaro hamjamiyat diqqat markazida turgan ushbu anjumanning ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham siyosiy-mafkuraviy jihatdan qanchalik ahamiyatli ekanligiga alohida urg‘u bergan.

E’tiborli jihati sammitga mezbonlik qiluvchi davlat rahbarining anjuman oldidan ana shunday maqola bilan chiqishi kamdan-kam uchraydigan holatdir. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maqolasida bildirilgan fikr-mulohazalar va tashabbuslar mamlakatning ushbu anjumanga qanchalik e’tiborli va undan kutilayotgan natijalarga jiddiy munosabatda ekanligining yaqqol ifodasidir.

Prezident o‘zining maqolasida “Samarqand ruhi” iborasini ishlatib, azaldan tinchlik, totuvlik va hamkorlik maskanlaridan hisoblangan Samarqand, bugun xalqaro ahamiyatga ega anjumanga mezbonlik qilar ekan, hech shubhasiz, an’anaga mos holda ushbu sammitda ham mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy tusdagi muammolar yechimiga doir gumanistik, demokratik g‘oyalar bilan boyitilgan takliflar, xulosalar asosida kelishuvlarga erishishga ishonch bildirib o‘tgan.

Sammitning ahamiyati haqida to‘xtalar ekan dunyoning bugungi global manzarasida davlatlar o‘rtasida hamkorlik, do‘stona muloqot va o‘zaro kelishuv insoniyat istiqbolini belgilab beruvchi va hal qiluvchi omil ekani ta’kidlangan.

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zoligi esa ushbu tashkilotning hech bir harbiy yoki siyosiy maqsadlardan, u yoki bu bloklar tuzilishidan holi bo‘lgan, aksincha xalqaro miqyosda barqaror taraqqiyot yo‘lida o‘zaro do‘stona munosabat, tenglik asosidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi.

Chidem Turkyilmaz,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, do‘stona muloqot va o‘zaro kelishuv insoniyat istiqbolini belgilab beradi