Davlatimiz rahbari Laos bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi
15-oktabr kuni Boku shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston – Laos munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, transport, logistika, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish hamda ta’lim va madaniyat sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.