Davlatimiz rahbari BAA investorlarini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.
Uchrashuvda “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil Al-Ramahiy va “AMEA Power” raisi Husayn Al Novays ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida Amirliklar bilan strategik sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 40 foizga o‘sdi. Yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.


Suhbat yakunida “yashil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, tarmoqlar va sanoat kooperatsiyasi, turizm va xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni jadallashtirish hamda kengaytirishga kelishib olindi.