Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining PhD doktoranti Davlatboy Sarsenboyev Rossiyada o‘tkazilgan “Yil tadqiqotchisi –2024” II xalqaro tanlovda ishtirok etib, o‘z iqtidorini namoyish etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, tadqiqotchi Texnika fanlari sho‘’basida “Quyosh energiyasi qurilmalari yordamida transformator moylarini tozalash: ahamiyati va istiqbollari” mavzusidagi maqolasi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ilmiy muassasa axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur tanlovda O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va Rossiya Federatsiyasidan ilm-fan vakillari ishtirok etdi.
–Bunday nufuzli tanlovda ishtirok etib, 1-o‘ringa loyiq ko‘rilganimdan juda xursandman. Tadqiqotlarimizning ahamiyati juda katta. Bu nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham muhim yo‘nalishdir. O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga hissa qo‘shib, ilm-fan sohasida yanada yuqori marralarni zabt etishga intilaman, – dedi sovrindor.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA