Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hukumat qarori bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, aynan shu yo‘nalishda davlat xizmatlari markazlarida yangi xizmat joriy qilindi. 

Bu yil davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan talabalar davlat xizmatlari markazlariga borib ariza berishi mumkin. Bu jarayon 23 avgustdan boshlandi. 

Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo‘llanma 10 kunga amal qiladi.
Bundan tashqari, bunday arizani my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda amalga oshirish ham mumkin.

Ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi. 2 - kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari markazlarida yotoqxonaga joylashish uchun talabalardan ariza qabul qilinmoqda