Davlat xizmatlari markazida ochiq eshiklar kuni
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan tuman markaziy poliklinikasi xodimlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbirda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimi takomillashayotgani aholining hayot sifati, ishchanlik muhitini yaxshilash, biznesni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Tuman davlat xizmatlari markazi direktori Sevara Hoshimova 2022 yil 1 yanvardan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda undiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa to‘lov miqdorlari kamaytirilgani haqida batafsil ma’lumot berdi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirilib, markazlar tomonidan qamrab olingan xizmatlar ko‘rsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni o‘rtacha ikki barobarga qisqartirilgan. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirokchilar tuman davlat xizmatlari markazi va FHDYO bo‘limlarida fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish, shu bilan birga davlat xizmatlarini olish jarayoni bilan tanishtirildi. Ishtirokchilar markazdagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagida mutaxassislar yordamida kerakli davlat xizmatlaridan mustaqil foydalandi. Shuningdek, mas’ul xodimlar tomonidan ayrim masalalar yuzasidan huquqiy maslahat ham berildi.

A.Musayev, O‘zA