“Adliya vazirligi jamoatchilik oldida hisobot berdi” nomli media ivent o‘tkazildi.

Axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva olib borgan tadbirda “Adliya hisoboti-2023” kitobi, “Adliya vazirligidan aholiga 100 maslahat” hamda “Adliya vazirligidan yoshlarga 100 maslahat” nomli huquqiy qo‘llanmalar taqdimot qilindi. 

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Norma ijodkorligi jarayonida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan qonun hujjatlari loyihalarining 543 tasi yoki har uchtadan bittasi maqsadga muvofiq emas, deb qaytarilganini qayd etdi. “Tartibga solish gilotinasi” usuli orqali 8 ming 848 normativ-huquqiy hujjat bekor qilindi. 359 loyiha normativ-huquqiy hujjat hamda 113 ta amaldagi qonun hujjati korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi. Ularda 582 korrupsiyaviy omil aniqlandi. 

“Huquqiy axborot” telegram kanali orqali 2 mingdan ortiq huquqiy ma’lumot tarqatildi va ular 152 million marotaba ko‘rildi. 
Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiluvchi vazirlikning 8 ta huquqiy resursi (Advice.uz, “Advice for business”, “Bola huquqlari”, “test.adliya.uz”, Milliy huquqiy internet portal, kurslar.huquqiyportal.uz, hudud24.uz, “Gender madad” kabi elektron platformalar)ga joylashtirilgan materiallar bilan 3,4 million marotaba tanishildi. 

Huquqiy aksiyalar va ommaviy tadbirlarda 189 mingdan ortiq fuqaroga bepul huquqiy maslahat berildi, 18 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatildi. 

2023 yil davomida fuqarolardan kelib tushgan shikoyatlarning 77 foizi qanoatlantirildi. Davlat organlarida inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar natijasida aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha 8 mingdan ziyod taqdimnoma kiritilib, 939,6 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi. Fuqarolar manfaatlarida sudlarga 240 milliard so‘mga yaqin 11 ming 763 da’vo arizasi kiritildi. 

Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari soni 335 taga yetkazildi. Markazlar tomonidan 13,2 milliondan ortiq xizmat ko‘rsatildi. 

Aholi, tadbirkorlar va vazirlik o‘rtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish maqsadida Tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi (new.birdarcha.uz), “Litsenziya”AT (license.gov.uz) hamda “Notarius”AT (e-notarius.uz) kabi axborot tizimlari ishlab chiqilib, takomillashtirildi. 

Tadbirning savol-javob qismida jurnalist va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

O‘zA muxbirining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida elektron bazalarda mavjud bo‘lgan bitta ma’lumotnomani tezkor ravishda berish uchun fuqarodan 200 ming so‘mga yaqin pul undiriladi. Nima uchun fuqaro buncha pul to‘lashi kerak? Ilgari ma’lumotnoma uchun tashkilotlar pul so‘rasa, bu “poraxo‘rlik” deb baholanganku. Hozir bu qonuniylashtirilganmi, shunda? Nega qonun ijodkorlari bunday to‘lovlarni minimallashtirish chorasini ko‘rmaydi?”, degan savoliga Adliya vaziri o‘rinbosari va mutaxassislari javob berdi: 

– Davlat xizmati ko‘rsatishda markazlar uchun juda kam miqdorda pul undiriladi. Asosiy qismi davlat tomonidan belgilangan undiruvlar hisoblanadi. Davlat xizmatidan foydalanish hech kimga majburiy emas. Ulardan ixtiyoriy ravishda foydalaniladi. Minimallashtirish bo‘yicha taklifingizni ko‘rib chiqamiz, – deyildi javobda. 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida aholidan undiriladigan to‘lovlarni kamaytirish mumkinmi? 