Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 2024 yil davomida qanday ishlar amalga oshirildi? Bu haqda agentlik axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lumot berdi:

– Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida izchil ishlar amalga oshirildi.

Davlat xizmatiga eng munosiblarni tanlab olishga e’tibor qaratildi. vacancy.argos.uz portali orqali 70 ta vazirlik va idora hamda barcha tuman (shahar) hokimliklaridagi vakansiyalar bo‘yicha 35 ming 214 tanlov o‘tkazildi. Ularda 1,1 milliondan ortiq nomzod qatnashdi. Tanlovlar natijasida nomzodlarning 18 ming 813 nafari ishga qabul qilindi.

Tanlov g‘oliblarining 6 ming 737 nafari 30 yoshgacha bo‘lganlar, 6 ming 615 nafari ayollar, 3 ming 47 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlarni tashkil etdi.

Shuningdek, portal orqali vazirlik va idoralar tizimidagi tashkilotlardagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan 8 ming 850 dan ortiq vakant lavozimga tanlov e’lon qilinib, 3 ming 398 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar turli darajadagi lavozimlarga ishga qabul qilindi.

Raqamlashtirish yo‘nalishida “hrm.argos.uz” elektron platformasi to‘liq takomillashtirildi. 2 ming 534 tashkilot ushbu platformaga ulandi. 94 mingga yaqin davlat xizmatchilarining ma’lumotlari raqamlashtirildi va 339 mingdan ortiq kadrlarga oid idoraviy hujjatlar tizim orqali qabul qilindi.

hrm.argos.uz” platformasining hujjatlar bo‘limida mehnat shartnomalar moduli ishlab chiqildi hamda “Xizmat safari” modulining rahbarlar va barcha xodimlar uchun mo‘ljallangan qismlari amaliyotga joriy etildi.

samaradorlik.uz” elektron platformasi tarkibida “Rahbar va rahbar o‘rinbosarlari”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari o‘rinbosarlari”, shuningdek, tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlari” hamda “Tuman (shahar) sektor rahbarlari” faoliyati samaradorligini baholash modullari amaliyotga joriy etildi.

Vakant lavozimlari yagona ochiq “vacancy.argos.uz” portalining yangi tahriri ishlab chiqildi va vacancy.argos.uz – “hrm.argos.uz” platformasining tarkibiy moduliga aylantirildi.

test.argos.uz” tizimi orqali tashkil etilayotgan test jarayonlarini xavfsizlik darajasini oshirish va nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida yuzni identifikatsiya (Face ID) qilish tizimi joriy etildi.

Rahbar kadrlarni baholash markazi to‘liq raqamlashtirildi: “assessment.argos.uz” elektron platformasi ishlab chiqildi. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Yagona onlayn masofaviy ta’lim “edu.argos.uz” platformasi joriy etildi.

Koreya Personalni boshqarish vazirligi, Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xizmati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha davlat agentligi va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida tegishli hujjatlar imzolandi.

BAA, Avstriya, Germaniya, Chexiya, Latviya, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Koreya, Xitoy, Yaponiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi mamlakatlarga jami 20 dan ortiq xorijiy malaka oshirish kurslari va xizmat safarlari tashkil etildi. Ularda 120 nafardan ortiq davlat xizmatchilari ishtirok etdi. 10 dan ortiq seminar va treninglar o‘tkazilib, ularda 200 nafarga yaqin davlat xizmatchisi ishtirok etdi.

Inson resurslarini strategik rejalashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan jalb etilgan xorijiy ekspert ko‘magida loyiha ishga tushirilgan. Tog‘-kon sanoati va Geologiya hamda Raqamli texnologiyalar vazirliklarida mazkur tizimda aprobatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Davlat xizmatini rivojlantirishga qaratilgan 19 normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatiga oid vakansiyalar tanlovlarida 1,1 milliondan ortiq nomzod qatnashdi