Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda 2024 yilda davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan ishlar, joriy etilgan yangiliklar va istiqboldagi rejalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Tizimning huquqiy bazasi mustahkamlanib, davlat xizmatini rivojlantirishga qaratilgan 29 normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqildi. Vacancy.argos.uz portali orqali 70 vazirlik va idora hamda barcha tuman (shahar) hokimliklaridagi vakansiyalar bo‘yicha 35 ming 214 tanlov o‘tkazildi. Ularda 1,1 million nafardan ziyod nomzod qatnashdi. Nomzodlarning 18 ming 813 nafari ishga qabul qilindi. 

Portal orqali vazirlik va idoralar tizim tashkilotlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan 8 ming 850 dan ortiq vakant lavozimga tanlov e’lon qilinib, 3 ming 398 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ishga qabul qilindi.

Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi. Unda rahbarlikka nomzodlar va rahbarlarning bilim va ko‘nikmalari baholanadi. Markazning faoliyati to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, Agentlikning elektron platformasiga integratsiya qilingan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari, tuman (shahar) hokimi lavozimiga 1 ming 167 nafar kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ularning 743 nafari maxsus tayyorlash dasturida o‘qitildi. 

Mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan ijobiy natija ko‘rsatgan ming nafari saralab olindi. Nomzodlar 2 hafta davomida hokimlik va vazirliklarda stajirovka va dublyorlik o‘tadi. 197 nafari Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirdi. Vazirliklar va idoralarning 149 rahbarlik lavozimiga 606 nafar kadrlar zaxirasi shakllantirildi.

hrm.argos.uz elektron platformasi to‘liq ishga tushirilib, 2 ming 534 tashkilot ushbu platformaga ulandi. 94 mingga yaqin davlat xizmatchilarining ma’lumotlari raqamlashtirildi. 315 mingdan ortiq kadrlarga oid idoraviy hujjatlar tizim orqali qabul qilindi.

         samaradorlik.uz, zaxira.argos.uz axborot tizimlari takomillashtirildi. “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi yaratildi. Ushbu ilova davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimliklarda o‘zaro, shu jumladan, gorizontal va vertikal aloqa (kommunikatsiya) tizimini rivojlantirish maqsadida yaratildi. assessment.argos.uz elektron platformasi ishlab chiqildi. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Yagona onlayn masofaviy ta’lim platformasi - edu.argos.uz joriy etildi.

Turli sohaga oid 129 o‘quv kursi va 39 ekspress-trening tashkil etildi. Ularda 76 ming 713 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi ishtirok etdi. Mahallalarda faoliyat yuritayotgan 54 ming 598 nafar “mahalla yettiligi” uchun tizimni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha joylarda o‘quv seminarlari tashkil etildi. Xalq qabulxonalarida faoliyat yuritayotgan 464 nafar rahbar kadrlar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi. 50 nafar yosh, faol va tashabbuskor davlat fuqarolik xizmatchilari uchun “Kelajak liderlari” maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘zbekiston va Germaniya hamkorligida Davlat boshqaruvi akademiyasida 56 nafar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun “Hokimlikka tayyorlash maktabi” maxsus qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirildi.

Shu bilan birga, Agentlikning masofaviy ta’lim platformasi “edu.argos.uz” ishga tushirilishi natijasida 13 ming 513 nafar davlat xizmatchisi masofaviy kursni yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldi. 

Matbuot anjumanida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatiga ishga kirish qanday amalga oshirilmoqda?