Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Davlat xizmatida ochiq tanlovning ahamiyati qanday?

Bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilish meritokratiya tamoyili asosida, yaʼni eng munosib, malakali va bilimli xodimlarni ishga qabul qilish nazarda tutilgan.
Bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilish meritokratiya tamoyili asosida, yaʼni eng munosib, malakali va bilimli xodimlarni ishga qabul qilish nazarda tutilgan.
Muhtaram Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan va mazkur tanlovlarni tashkillashtirish, ularni oʻtkazilishida shaffoflikni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning hududiy filiallari zimmasiga yuklatildi.
Shunga koʻra, joriy yilning avgust oyida filial tomonidan viloyat bandlik bosh boshqarmasi va moliya bosh boshqarmalari bilan birgalikda vakant lavozimlarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan, eng munosib va qobiliyatli shaxslarni ishga qabul qilish maqsadida tanlov tashkil qilindi.
Tanlov eʼlon qilingandan keyin 15 kun davomida Navoiy viloyat moliya bosh boshqarmasiga 3 ta vakant lavozimlarga 24 nafar, viloyat bandlik bosh boshqarmasiga 5 ta vakant lavozimlarga 19 nafar nomzodlar elektron tarzda hujjatlarni topshirdi.
Mazkur tanlov 3 bosqichda shaffof tarzda amalga oshirildi, yaʼni 1-bosqichda dastlab nomzodlar malaka talablariga muvofiqligi oʻrganildi, ushbu bosqichda nomzodlar chaqirilmasdan ularning hujjatlari asosida oʻrganildi, 2-bosqichda test sinovidan oʻtkazildi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, test jarayoni zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda, onlayn tarzda – test.argos.uz test tizimi orqali topshirildi. Mazkur test tizimi 3 ta blokdan iborat boʻlib, 1-blok nomzodlarning axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimini baholadi, 2-blok iqtisodiyot sohasidagi bilimini baholadi va 3-blok siyosat, huquq, maʼnaviyat, tarix yoʻnalishidagi bilimlarni baholadi va mana shu testdan belgilangan balldan yuqori ballni toʻplagan nomzodlar keyingi bosqichda suhbatdan oʻtkazildi. Umumiy natijalarga koʻra tanlov komissiya tomonidan nomzodlarning eng munosibi ishga tanlab olindi.
Jumladan, tanlov eʼlon qilingan Moliya bosh boshqarmasidagi 3 ta vakant lavozimdan 2 tasi, Bandlik bosh boshqarmasidagi 5 ta vakant lavozimdan 1 tasi eng munosib nomzodlar bilan toʻldirilishiga erishildi. Qolgan 5 ta vakant lavozimlarga nomzodlar talablarga javob bermadi. Shunga koʻra, boshqarmalar tomonidan mazkur toʻldirilmagan vakant lavozimlarga qayta tanlov eʼlon qilinishi belgilandi.
B.Iskandarov , Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining
Navoiy viloyati filiali bosh inspektori
https://uza.uz/posts/31032
Ulaşiş




