O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan 143 nafar yosh rahbar ayollar o‘qitildi.

        O‘quvlar yakunlariga ko‘ra, tinglovchilar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritildi. Hozirda dasturda ishtirok etgan xotin-qizlarning 46 nafari yuqori rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.

Agentlik tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda 4-mavsum saralash jarayonini tashkillashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan xotin-qizlar orasidan 300 nafar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tavsiyasi bilan yuqori natija ko‘rsatgan, yetuk va tashabbuskor 250 nafar ayol maktab direktorlari saralab olindi. Bunda, jami 550 nafar salohiyatli xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirildi.

Saralab olingan nomzodlarning bilim darajasini aniqlash uchun o‘tkazilgan Milliy kadrlar zaxirasi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 141 nafar xotin-qiz bilan 2024 yil yil 14-21 noyabr hamda 16-20 dekabr kunlari komissiya suhbatlari tashkil etildi. Mazkur suhbat jarayonida Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Test sinovlari va suhbat natijalariga asosan eng yuqori natijalarga erishgan 100 nafar xotin-qiz “Rahbar ayollar maktabi”ning yangi mavsumi o‘quvlarida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. 2025 yilning 15 yanvaridan yangi mavsum uchun saralab olingan 100 nafar nomzod uchun “Rahbar ayollar maktabi” dasturi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida maxsus o‘quvlar boshlandi.

O‘quv dasturi rejasi 12 haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, auditoriya mashg‘ulotlari, mahorat darslari, mahalliy hamda vazirlik va markaziy idoralarda stajirovka amaliyoti, loyiha ishini tayyorlash va uni himoya qilish bosqichlaridan iborat. Mazkur mavsum uchun o‘quv dasturi Agentlik va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda takomillashtirildi.

Xususan, o‘quv dastur, avvalo, davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan rahbar ayollarning strategik fikrlash, tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik, tizimli tahlil, sun’iy intellekt asoslari, muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Dars mashg‘ulotlariga Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, tijorat banklarining tajribali rahbar va mutaxassislari jalb etildi. Jumladan, o‘quv jarayonlarida Senat raisi, senatorlar, vazir o‘rinbosarlari, qo‘mita rahbarlari,   hokim o‘rinbosarlari, tadqiqotchi olimlar, xorijiy tashkilotlarning vakillari, taniqli tadbirkor, psixolog va ekspertlar jalb etildi. 

Tinglovchilarning Senat, Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-Park, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutiga tashriflari tashkil etildi.

Bundan tashqari, mavsum tinglovchilarining “Birinchi qaldirg‘och (“Ma’suma”)” spektakli va “Cho‘lpon” dramasi tomoshasi uchun O‘zbek milliy akademik teatriga tashriflari tashkil etildi.

O‘quv dasturi doirasida tinglovchilar amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mahalliy  hamda vazirlik va markaziy idoralarda stajirovka amaliyotini o‘tadilar. Bu orqali xotin-qizlarimiz davlat boshqaruvi organlarining rahbarlariga “dublyor” sifatida biriktirilib, boshqaruv sohasida amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdi. Dastur yakuni bo‘yicha o‘quvlarni eng muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarning xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va kompaniyalarida malaka oshirishi (stajirovka o‘tashi) tashkil etildi. Bugungi kunga qadar 4-mavsumning 11 nafar tinglovchisi Turkiya, Vengriya, Italiya, Singapur davlatlarida stajirovka o‘tadi.

“Rahbar ayollar maktabi” dasturi doirasida tinglovchilar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritildi va hozirda tegishli vazirlik va idoralar bilan zaxiradagi xotin-qizlarni davlat fuqarolik xizmatidagi yuqori turuvchi lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 “Davlat xizmatidagi rahbar ayollar forumi: yangi imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi forum doirasida 4-mavsum yakunlari sarhisob qilinib, davlat fuqarolik xizmatida gender tengligini ta’minlashning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ayni damda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda ularni amalga oshirishda o‘rta va qo‘yi bo‘g‘in rahbar ayollarining o‘rni, ayollarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, davlat xizmatida gender tengligi kabi mavzularda ma’ruzalar hamda panel muhokamalar o‘tkazilmoqda. 

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatida gender tengligi qanday ta’minlanmoqda?