Davlat xizmatçilarining sunʼiy intellekt böyiça salohiyati oşiriladi
Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi AQŞda “Cultural Vistas” bilan davlat xizmatçilarining sunʼiy intellekt böyiça salohiyatini oşirişga qaratilgan Anglaşuv memorandumini imzoladi.
Uçraşuvда Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi tomonidan Özbekistonda AT sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş, davlat xizmatçilarining kasbiy salohiyatini oşiriş hamda raqamli könikmalarini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar va loyihalar haqida maʼlumot berildi.

Muzokaralar davomida davlat xizmatçilarining sunʼiy intellekt böyiça bilim va amaliy könikmalarini oşiriş, şuningdek, ular uçun AQŞning yetakçi taşkilotlarida raqamli transformatsiya va zamonaviy davlat boşqaruvi yönalişlarida tajriba almaşiş dasturlarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida davlat xizmatçilarining sunʼiy intellekt sohasidagi bilim va salohiyatini oşirişga qaratilgan hamkorlikni rivojlantiriş böyiça tomonlar örtasida Anglaşuv memorandumi imzolandi.
N.Rahmonova,
ÖzA