Mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmati tizimini isloh qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish davlat boshqaruvini samarali tashkil etishning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 8 avgust kuni «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, uning Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish deb nomlangan 4-bobi 17-moddasida Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarida qanday talablar belgilanishi mustahkamlab qo‘yildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik tahlilidan ma’lumki, davlat xizmatchisining odob-axloqi korrupsiyaga qarshi kurashning muhim vositasi hisoblanadi.

Buni O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonuni normalaridan ham anglash mumkin. Masalan, qonunda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, unda davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini samarali amalga oshirish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14 oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari» davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Odob-axloq qoidalarida davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatida amal qilishi shart bo‘lgan prinsiplar, majburiyatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular davlat xizmati sohasida bevosita va bilvosita korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga yo‘naltirilgan.

Xususan, mazkur qoidalarga ko‘ra, davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatida qonuniylik, vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik, halollik va xolislik, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish, xizmat sirini qat’iy saqlash, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga amal qilishi shart.

Albatta, har qanday normativ-huquqiy hujjatning amaliyotda ishlashi uning ishlash mexanizmi qanchalik ta’minlanganligiga bog‘liq.

Odob-axloq namunaviy qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi alohida bob mavjud bo‘lib, unda qoidalarning samarali ijrosi va nazoratini ta’minlashga qaratilgan normalar kiritilgan. Ya’ni, davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun, mazkur qoidalarni buzilishi esa ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Qaror bilan Davlat xizmatchilari odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega ekanligi qat’iy mustahkamlab qo‘yildi.

Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:

davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;

mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;

murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;

xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;

oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;

jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.

RAHBAR SHAXSLAR UCHUN...

Mazkur hujjatda davlat xizmatidagi rahbar shaxslarning ham bir qator majburiyatlari belgilangan. Xususan, rahbar bo‘ysunuvidagi davlat xizmatchilariga professionalizm, halollik, xolislik va adolatlilikda o‘rnak bo‘lishi, jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirishga, davlat xizmatchilarini qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirishga undamaslikka hamda ulardan bunday harakatlarni bajarishni talab qilmaslikka, kadrlarni mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash, tayinlash yoki tavsiya etishga yo‘l qo‘ymaslikka;

jamoada guruhbozlik va favoritizm (ayrim xodimlarni yaqin olish va qo‘llab-quvvatlash) ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslikka, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning oldini olishga;

davlat xizmatchilarining faoliyatiga baho berishda qonuniy, asosli va adolatli qarorlar qabul qilishga;

davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklar sodir etilishining oldini olish choralarini ko‘rishga;

bo‘ysunuvidagi davlat xizmatchilarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish choralarini ko‘rishga;

vakolati doirasida shartnomalar tuzishi, tanlovlar o‘tkazish yoki rozilik berish masalalariga xolis, adolatli va qonuniy yondashishga majburdirlar.

Ayni damda joylarda viloyat Adliya boshqarmasi bilan birgalikda davlat xizmatchilari o‘rtasida mazkur qaror mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu o‘quv seminarlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad – davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishdir.

Seminarlar davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari xulq-atvorining umumiy qoidalari, kasbiy madaniyatga oid odob-axloq qoidalari, xizmatni o‘tash, balki undan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari, shuningdek, rahbar xodimlarning majburiyatlari atroflicha tushuntirib berilmoqda.

Muloqotlar davomida mavzuga oid maxsus videoroliklar namoyish etilib, ma’ruzalar taqdimot ko‘rinishida yoritib berilmoqda.

Shu o‘rinda, Muso al-Xorazmiyning inson axloqi xususida aytgan quyidagi fikrlari chuqur ma’noga ega «Agar inson yaxshi xulq, sohibi bo‘lsa, u 1 ga teng. Agar inson husn sohibi bo‘lsa, birning yoniga nolni qo‘sh = 10 bo‘ladi. Agar inson boy bo‘lsa, yana bir nolni qo‘sh = 100 bo‘ladi. Agar nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘sh = 1000 bo‘ladi. Agar 1 raqami, ya’ni xulq yo‘q, bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib, nollarning o‘zi qoladi = 000»- deydi buyuk mutafakkir.

Davlat fuqarolik xizmat munosabatlarida davlat xizmatchisining odob-axloqi muhim o‘rin tutadi. Zero davlat xizmatchisining axloqiy fazilatlarini tarbiyalamasdan, uning shaxsiy va professional qobiliyatlarini rivojlantirmasdan turib, ulardan samarali faoliyatni kutib bo‘lmaydi.

Zero, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun qonunlarga rioya etish majburiyatga emas, insoniy fazilatga aylanishi lozim.

Faylasuf olim Nite aytganidek, «Axloqiylik avval qat’iy talab shaklida qo‘yiladi. Unga rioya qilish shartligi uchun bo‘ysuna boshlaydilar. Biroz o‘tgach bu ixtiyoriy odatga aylanadi va oxiri u instinkt darajasida oddiy va tabiiy, odamga huzur beruvchi fazilatga aylanadi».

Darhaqiqat, Davlat xizmatchilari o‘z faoliyatida va faoliyatdan tashqari vaqtda amal qilishi lozim bo‘lgan odob-axloq qoidalarini bilmasa, ular aniq bayon etilmasa va bunday turdagi qoidalarning amal qilinishi ustidan lozim darajadagi nazorat o‘rnatilmasa davlat xizmati sohasida turli suiiste’molliklar ko‘payib, korrupsiya holatlari yuz berishi mumkin.

Ya’ni, Teodor Ruzvelt ta’biri bilan aytganda «Insonni axloq jihatidan tarbiyalamasdan turib intellektual jihatdan tarbiyalash, bu jamiyat uchun tahdid demakdir».

Shuni alohida aytish joizki, Davlat xizmatchilari xizmatdan tashqari vaqtlarda ham umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari va ularga zid bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shart.

Darhaqiqat, o‘zini nimalardandir cheklab, o‘ziga taqiq qo‘ya olgan va qaysidir ezgu ishga o‘zini majbur qila olgan inson – madaniyatli shaxs.

Bunday insonlarning hayot tamoyilida ezgulik, bunyodkorlik, halollik, adolat ustuvor bo‘ladi.

Chunki axloq insonning shaxsiy qadriyati sifatida uning faoliyatiga ko‘chadi va uni samarali qiluvchi kuchga aylanadi.

Shundagina haqiqiy davlat xizmatchisi, xalqning ma’naviy xaloskori bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladi.

Sherzod Jumayev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Navoiy viloyati filiali rahbari o‘rinbosari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari: qanday inson xalqning ma’naviy xaloskori bo‘la oladi?