Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda mahalladagi ijtimoiy xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri o‘tkazildi.

Mazkur bellashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, xususan Davlat xizmatchilarining intellektual salohiyatini oshirish hamda ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

[gallery-20761]

Intellektual bahsda viloyatning 11 ta tuman va shaharlaridagi 330 ta mahallalaridan shakllantirilgan terma jamoalar ishtirok etdi.  

Ikki bosqichda o‘tkazilgan turnir davomida jamoalarga O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni, siyosatchi, jurnalist va psixiatr Ilkka Taypalening “Finlyandiyaning 100 ta ijtimoiy innovatsiyasi” hamda eng ko‘p iqtibos qilinadigan ijtimoiy psixolog Robert Chaldinining “Ta’sir psixologiyasi kitoblaridan mantiqiy savollar berildi.

Yakunda Zarafshon shahar jamoasi birinchi, Qiziltepa tumani jamoasi ikkinchi va Konimex tumani jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Turnir so‘nggida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Uznqvc8w93M?si=YkREUtN27218abMr" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatchilari “Zakovat”da bellashdi