Bugungi kunda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish holatlari tez-tez uchramoqda. Xususan, davlat buyurtmachilari tomonidan xarid hujjatlarini ishlab chiqish, yetkazib beruvchilarga talablarni belgilash, hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va raqobat muhitini ta’minlash ishlarini amalga oshirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish holatlari sodir bo‘lmoqda. Bu esa byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilishi yoki talon-toroj qilinishiga olib keladi.

Endilikda davlat xaridlari sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazmaslik holatlarining oldini olish hamda bunga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash masalalari tartibga solinmoqda. 

Qonunchilik palatasining majlisida davlat xaridlari sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, loyiha bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175/8-moddasiga kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirish, kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlamaslik mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilanishiga sabab bo‘ladi. 

Ushbu kiritilayotgan qo‘shimchalar davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Muhokamalarda deputatlar tomonidan aniqlashtiruvchi savollar ko‘tarildi, takliflar bildirildi. Qonun loyihasidagi normalarning muhimligi e’tirof etilib, ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xaridlarida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan hujjat