Farmon va ijro

Keyingi paytda mamlakatimizda davlat xaridlari tizimi rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biridir. Davlat xaridlari byudjetdan ajratilgan mablag‘larni maqsadli va raqobatli usulda shaffof ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu tizim investitsion muhitni yaratishda ham katta ahamiyatga ega. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ushbu tizim faoliyati uchun muhim chora-tadbirlar belgilangan.

O‘zA muxbirining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat xaridlari departamenti direktori Sarvar NAZAROV bilan suhbati aynan shu tizim faoliyati va uni takomillashtirish yo‘lida qabul qilingan qonun, farmon va qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida bo‘ldi.

– Prezidentimizning 2021 yil 16 iyundagi farmonida davlat xaridlari tizimining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalar belgilangan. Shuningdek, 2021 yil 22 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni ham qabul qilindi. Albatta, bu hujjatlar tizim ishini takomillashtirishda muhim huquqiy asosdir.

Davlat xaridlari tovar xizmatlarini davlat buyutmachilari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun pulli asosda  xarid qilish hisoblanadi. Oddiy so‘z bilan aytganda, har bir davlat buyurtmachisi, ya’ni bu korxona bo‘ladimi yoki  byudjet tashkiloti bo‘ladimi, u avvalambor, o‘ziga kerakli bo‘lgan tovar xizmatlarini xarid qiladi. Davlat xaridlari platformasi ham shu maqsadga xizmat qiladi. Mana o‘zingiz ham bozorga borganingizda, eng ma’qul, sifatli va arzon tovarni xarid qilasiz. Shunga o‘xshash bu tizim ham ana shunday bozorni yaratib beradigan platformadir.  

Ma’lumotlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘tgan yilning o‘zida 147 trillionlik tovarlar shu platforma orqali xarid qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 12 foizdan ko‘pdir. Muhimi, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan shu bozorga qiziqish ko‘paygan.  Tahliliy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda davlat xaridlarida 99 ming nafar tadbirkor faol qatnashgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 190 ming nafarga yetdi. 

O‘tgan yili 147 trillionlik bozorning YAIMga nisbatan hissasi 20 foizni tashkil etadi. Rivojlangan davlatlarda ham davlat xaridlarining ulushi  YAIMda 20-25 foizdir.

– Davlat xaridlari departamenti tomonidan bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– 2019 yildan boshlab Davlat xaridlariga vakolatli organ Moliya vazirligi qilib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyuldagi “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash ustuvor vazifalarimizdan. Unga muvofiq, korporativ tashkilotlarni davlat xaridlari tizimiga jalb qilinishi va ularni mazkur tizimda amalga oshirilayotgan xaridlarni monitoring o‘tkazish ko‘zda tutiladi.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yirik davlat korxonalari davlat xaridlari tizimi bilan qamrab olindi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan 2022 yil 1 yanvardan elektron tanlash va tender savdolari elektron shaklda amalga oshirish belgilandi. Joriy yilning yanvaridan boshlab shu tizimni yo‘lga qo‘ydik. 

Tizimda beshta xarid turi, ya’ni elektron do‘kon, auksion savdolari, eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolari asosida xaridlarni amalga oshirish mumkin. Bu raqobatli usul hisoblanadi. Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar faoliyati ham mavjud. Elektron auksion va elektron do‘kon orqali shartnomalar tuzish avtomatlashtirilgan. Bu jarayonda inson omili yo‘q. Keyingi yillarda tizimni to‘liq avtomatlashtirishni rejalashtirganmiz.

Davlat xaridlari tizimini rivojlantirish strategiyasi loyihasida qanday ustuvor vazifalar belgilangan?

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Davlat xaridlari tizimini rivojlantirish strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Unda tizimni yanada takomillashtirish, uning imkoniyatlarini kengaytirish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ayol tadbirkorlar, yosh tadbirlarga keng imkoniyat berish borasida qator vazifalar belgilangan.

Joriy yilning 28 oktyabr kuni xalqaro moliya institutlari bilan  hamkorlikda davra suhbatini o‘tkazish ham ushbu ishlab chiqilgan loyiha bilan bog‘liqdir. Unda ishtirokchilarga Davlat xaridlari tizimini rivojlantirish strategiyasi loyihasi taqdim etildi. Biz loyiha haqida ishtirokchilarning fikrlarini o‘rgandik. Bunda elektron tizimni rivojlantirish,  normativ-huquqiy hujjatlarni  takomillashtirish, shartnomaviy munosabatlarni yaxshilash kabi masalalarda takliflar kelib tushdi. Shu takliflar asosida strategiyani ishlab chiqib, yaqin kunlardan loyihani hukumatga taqdim etish ko‘zda tutilgan. 

Tizimda tabdirkorlik sub’ektlarining ishtiroki va ularning qamrab olinganlik darajasi qanday?

– Umumiy tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatiga bo‘yicha bu yilning o‘zida 500 ming nafar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.  Shundan salkam 195 ming nafar tabirkorlik sub’ekti davlat xaridlarida ro‘yxatdan o‘tkazilib,  o‘z  faoliyatini shu platforma orqali amalga oshirmoqda.

Shunga qaramasdan, biz hali tadbirkorlik sub’ektlarini to‘liq qamrab olish uchun tizimni yanada takomillashtirishimiz zarur. Bu borada oldimizda katta ishlar turibdi. O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarni oladigan bo‘lsak, tadbirkorlik sub’ektlarining davlat xaridlariga bo‘lgan qiziqishi ortmoqda. Davlat xaridlari ochiqlanyapti.  Barcha ma’lumotlar ochiq va shaffofligi ta’minlanmoqda. Tizimdagi xaridlar ommaviy axborot vositalarida yoritilmoqda.  Uni soddalashtirish bo‘yicha  davlat buyurtmachilari va ishtirokchilarining  bilim  ko‘nikmasini oshirish borasida yaxshi qadamlar tashlangan. Moliya vazirligining O‘quv markazida elektron platforma yaratdik.  Unda har bir ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tib, bilimini oshirish mumkin. Tizim haqida barcha ma’lumotlar joylangan. Yakunida test asosida tegishli  malakaviy hujjatni olish mumkin. O‘tkazilayotgan tadbir, forum va uchrashuvlar  davlat xaridlari bo‘yicha keng tushunchalar berishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 oktyabrdagi  "Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar  to‘g‘risida"gi qarori ijrosi qanday ta’minlanmoqda?

– Prezidentimizning mazkur qarorida nogironligi bo‘lgan shaxslarni  davlat xaridlari orqali keng  imkoniyat yaratib berish ko‘zda tutilgan. Bunda  ular o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni  davlat xaridlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat buyurtmachilari bilan shartnoma asosida xarid qiladi.

Shuningdek, qaror bilan hududlar doirasida yarmarkalar tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Ularga kafolatli xaridlar yaratilmoqda. Bunda ular uch yil davomida davlat buyutmachilari bilan shartnomalar tuzib, tovarlarini realizatsiya qiladi.

Joriy yilning 22 iyun kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Davlat xaridlari barcha uchun” shiori ostida yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazma yarmarkasi tashkil etildi. Qaror ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir  nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilayotganlarga har jihatdan ko‘mak berishga qaratilgan.

Shu tariqa, hududlarda ham yarmarkalar tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad davlat buyurtmachilarini hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar bilan yaqindan tanishtirish va shartnomalar tuzishdir.

O‘zA muxbiri

Nasiba ZIYODULLAEVA suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish iqtisodiy imkoniyatlarga keng yo‘l ochadi