Davlat xaridlari bo‘yicha shaffoflik ta’minlanadi
Kuni kecha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan onlayn davra suhbati Toshkent viloyatida joylashgan byudjet buyurtmachilari bilan davlat xaridlari sohasida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlandi.
Kuni kecha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan onlayn davra suhbati Toshkent viloyatida joylashgan byudjet buyurtmachilari bilan davlat xaridlari sohasida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlandi.
Unda davlat xaridlari sohasiga mas’ul mutasaddilar va mutaxassislar ishtirok etdi. Suhbat davomida tender jarayonlarini ochiq va shaffof o‘tkazish, korrupsiya xavfini kamaytirish va raqobat muhitini yaxshilash kabi masalalarga ham e’tibor qaratildi.
Davlat xaridlari siyosati departamenti direktori Sarvar Nazarov bu haqda shunday dedi:
– Biz bu kabi onlayn suhbatlarni barcha hududlarda tashkil etamiz. Bu galgisi Toshkent viloyatidagi soha vakillari uchun mo‘ljallandi. Unda nafaqat davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish, balki sohadagi yangiliklar, joriy o‘zgarishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berdik. Shuningdek, byudjet buyurtmachilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Davra suhbati davomida davlat xaridlari tizimida uchrayotgan tizimli muammolarni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Shuningdek, davlat mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Mazkur tadbir nafaqat mavjud muammolarga yechim topish, balki davlat xaridlari jarayonidagi ishonch va adolatli raqobatni kuchaytirishga ham xizmat qiladi. Shu bois, bunday uchrashuvlar reja-grafik asosida respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi.
N.Ziyodullava,
O‘zA