Davlat va jamoat arbobiga ehtirom ko‘rsatildi
Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalovning bir asrlik yubileyiga bag‘ishlangan “Uch avlod” uchrashuvi va ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, xalqimiz uchun bugungidek turmush sharoitini ta’minlash borasida ko‘plab insonlar fidokorona xizmat qilib, o‘z hayotini bag‘ishlagan. Shunday insonlardan biri sifatida Qallibek Kamalovning fidokorona xizmatini ko‘p millatli xalqimiz chuqur anglaydi va yuksak qadrlaydi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalovning 100 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, bu bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi. Dastur doirasida “Uch avlod” uchrashuvi ham o‘tkazildi.

Tadbir davomida Q.Kamalovning yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, fidokorona xizmatlari keng e’tirof etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi T.Xudoybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev ishtirok etdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.