Davlat tilini to‘g‘ri qo‘llash har sohada muhim
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Sohada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili qonunchiligiga rioya etilishining holati, istiqboldagi rejalar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumani oldidan Prezidentimizning farmon va qarorlarida belgilangan targ‘ibot texnologiyalaridan foydalangan holda mavzuga doir arxiv hujjatlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Shundan so‘ng, agentlik tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi, davlat tili haqidagi qonun hujjatlarini tizimda qo‘llash holati va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida axborot berildi.

Unga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili qonunchiligiga rioya etilishining 7 ta ustuvor vazifalari belgilangan. Davlatimiz rahbarining 2021 yil 26 martdagi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq agentlik tomonidan 2 ta "Yo‘l xaritasi", 3 ta nazorat rejasi, 2 ta chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq joriy yil 1 sentyabr holatiga jami agentlik tomonidan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 7 ta konferensiya, 14 ta seminar, 9 ta davra suhbatlari, 15 ta turli mavzularga oid ma’naviy tadbirlar, 6 ta sport tadbirlari, 8 ta uchrashuvlar tashkil etildi.
Hududlarda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan “Ulug‘lar ulug‘laydi vatanni” 49 ta ma’naviy-ma’rifiy tabdirlar tashkil etildi. Reja tuzilib, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning izchil bajarilishida agentlik tomonidan “Jadid namoyandalarining boy ma’naviy merosini o‘rganish” mavzusida 2021 yilda 2 ta, 2022 yilda 2 ta, hududlarda “Qatag‘on qurbonlarining ma’naviy merosini o‘rganish” mavzusida 14 ta turkum tadbirlar, seminarlar tashkil etilgan.

Arxiv ishi sohasi xodimlarini ma’naviy rag‘batlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yilda “O‘zarxiv” agentligining “Soha iftixori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. bugungi kunga qadar 39 nafar arxivchilar mazkur idoraviy mukofot bilan taqdirlangan.
Yaqin sharqdagi Al-Aqso masjidi kutubxonasida Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziy nodir qo‘lyozmalarining 43 ta qo‘lyozma asarlari elektron nusxalari O‘zbekistonga olib kelinib, davlat saqloviga qabul qilingan.
2020 — 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi asosida arxiv ishi sohasida davlat tili siyosatining ustuvorliklari belgilab olingan.
Shu kunga qadar til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha agentlikning 17 ta chora-tadbirlari, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy tavsiyalari, 5 ta Nazorat-rejasi ishlab chiqildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA