Avvallari 21 oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida talqin etilgan bo‘lsa, endilikda u alohida Qonun bilan rasman bayram sifatida tantana qilina boshlandi. Albatta, bu e’tirof millat uchun muhim.

Xo‘sh, ona tilimiz faqatgina bayram kunlarigina eslanyaptimi? Umuman tilimizning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, uning sofligini ta’minlash borasida hududlarda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Shu va shu kabi savollarga javob olish uchun O‘zA muxbiri Buxoro viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akbar RUSTAMOV bilan suhbatlashdi.

– Bugun davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari tuzilmalarida rahbarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. O‘tgan davr mobaynida viloyatda maslahatchilar tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi?

– Davlat idoralari tuzilmasida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi bilan shug‘ullanuvchi alohida shtatning joriy etilishi bu tilimiz rivojini ta’minlashda nihoyatda katta qadam bo‘ldi. Ushbu tuzilma joriy etilganidan so‘ng erishilgan eng katta yutuq, shubhasiz davlat idoralarida ish yuritish to‘liq davlat tilida olib borilishidir. Ilgari tajribada ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz yurtimizda davlat tili o‘zbek tili bo‘lsada, ba’zi hujjatlar rus tilida ham yuritilar, eng achinarlisi bu tabiiy hol sifatida qabul qilinar edi. Yana bir jihat, o‘zbek tilida tayyorlangan hujjatlarda ham imloviy, uslubiy xatolar yaqqol ko‘zga tashlanib turardi.

Endi ishonch bilan ayta olamizki, viloyat, barcha shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat boshqarmalarida barcha ish yuritish hujjatlari to‘liq davlat tilida olib borilmoqda. Maslahatchilar tomonidan tegishli hudud hokimlari imzolayotgan qaror va farmoyishlari, bayonnomalari va boshqa xat-hujjatlarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti joriy etilishi bilan imlo va uslubiy xatoliklar keskin kamaydi. Hatto to‘liq bartaraf etildi.

Geografik ob’ektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi ishchi organi sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuni talabiga javob bermaydigan jami 37 ta nomlar tegishli tartibda qayta nomlandi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan geografik ob’ektlarning nomlaridan foydalanish va ularni saqlash maqsadida viloyatdagi 6 ming 333 ta ko‘chaning 5 ming 283 tasiga peshlavhalar o‘rnatildi. Viloyatdagi 13 ta shahar va tumanning chegarasida Davlat tili haqidagi qonun talablari asosida lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida peshlavhalar (stella, arka, darvoza ko‘rinishida), bir mahalladan ikkinchi mahallaga o‘tish chegaralarida ham 487 ta peshlavha o‘rnatildi.

Avgust-sentyabr oralig‘ida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan geografik ob’ektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish bo‘yicha 18 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ular tegishli tuman va shahar komissiyalarida o‘rganildi va qonunchilikka muvofiq tegishli javoblar qaytarildi. Shu bilan birga tashqi yozuvlarni tartibga keltirish borasida viloyatda tegishli mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi shakllantirilib, targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Iyun oyida viloyat hokimligi ishchi guruhi bilan olib borgan xatlovlar natijasida 1479 ta holatda xorijiy tilda, xatoliklar bilan yozilgan peshlavha va reklama yozuvlari aniqlandi. O‘tgan vaqt davomida shahar va tumanlar hokimliklarining tegishli maslahatchilari, oliy ta’lim muassasalari filolog o‘qituvchilari hamkorligida olib borilgan tushuntirish, targ‘ibot ishlari natijasida 1 ming 228 ta tashqi yozuvlardagi xatoliklar tuzatildi. Ammo shu o‘rinda ta’kidlash joizki, davlat tili qoidalarining bitta bo‘lsa ham buzilishi, bu nafaqat ona tilimiz, balki amaldagi qonunchilikka ham nisbatan hurmatsizlikdir. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlarimizni izchillik bilan davom ettiramiz.

Yoshlar orasida savodxonlikning pasayib borishi, shevaga xos unsurlar kuzatilayotganiga nima deysiz?

– Keyingi yillarda texnologiyalar jadallashib, “raqamlashtirish” jadal sur’atda rivojlanishi, iqtisodiyot, aniq fanlarga e’tibor kuchaygani sari imlo savodxonligi pasaymoqda. Bunga ma’lum ma’noda maktablarda ona tili darslarida o‘quvchining yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirishdan ko‘ra tilshunoslik qoidalariga ko‘proq o‘rin berilganligi ham sabab bo‘ldi. Maktab dasturlarida o‘quvchining kelgusi faoliyati uchun foydali bilimlarni o‘rgatgan ma’qul. Masalan, imlo qoidalari, nutqning go‘zal va ta’sirchanligini ta’minlovchi leksikologiyadagi omonim, sinonim, paronim kabi tushunchalar mohiyatini singdirish kerak.

Qolaversa, bugun yoshlarimiz barchasi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida savod chiqargan. Ushbu yozuvga ommaviy o‘tilishi bir necha o‘n yillardan buyon cho‘zilib ketgani, yoshlarning ish jarayonida kirill alifbosida yozishga majbur bo‘layotgani ham xatoliklarni keltirib chiqarmoqda. Yana bir holat shuki, bugungi tezkor axborot almashinuvi, ijtimoiy tarmoqlarda fikrni tezroq yetkazish ishtiyoqi imlo savodxonligini ikkinchi darajaga tushirib qo‘ymoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zaro yozishmalarni qo‘ya turaylik, hatto rasmiy sayt va kanallarda ham ishoraviy, harfiy va uslubiy xatolarni juda ko‘p kuzatamiz. Ana shunday xatoliklarni ko‘rgan yoshlar esa buni to‘g‘ri, deb qabul qilishi mumkin.

Aslida imlo sohasida kichikkina bo‘lsada, yo‘l qo‘yilgan birgina xato ifodalamoqchi bo‘lgan fikrimiz ma’nosini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, qozon-tovoq juft so‘zini chiziqcha (defis) bilan yozamiz. Ifodada mana shu defis ozgina kattalashib tirega aylansachi? Qozon – tovoq. Chiziqchaning tirega aylantirilishi ifodamizning oshxona anjomlari majmuasi ma’nosidan “qozon bu tovoqdir” degan fikrga aylantirib yuboradi.

Yoki “Biz erkin va ozod jamiyatni quramiz” gapidagi “qurish” so‘zidagi “u” harfi texnik xato sababli “i” harfiga aylanib qolsachi? Gapning ma’nosi birgina harf o‘zgarishi bilan qanchalik keskin o‘zgaradi.

O‘zimiz faoliyat yuritayotgan tashkilot ish hujjatlarida ana shunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish bizning vazifamiz. Endi ko‘cha yozuvlariga kelsak, birinchi navbatda buyurtmachi, uni chop etish mas’uliyatini yelkasiga olgan tashqi reklama faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning o‘zida savod bo‘lishi kerak. Agar yetarli imlo savodxonligi bo‘lmasa, o‘qishi, o‘rganishi lozim. Chunki ularning daromadi, tirikchiligi aynan shu yozuv tufaylidir. Biz esa ularga bu borada yetarli sharoit yaratib beryapmiz. Masalan, oxirgi uch oy ichida tashqi reklama faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun imlo, xususan, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi savodxonligi bo‘yicha o‘quvlar tashkil etildi. Bundan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan tashqi targ‘ibot vositalaridagi yozuvlar bepul lingvistik ekspertizadan o‘tkazib berilmoqda. Buning uchun tadbirkorlarimiz biror baner yoki panoni chop etishdan oldin uning matnini bir bora markaz xodimlari ko‘rigidan o‘tkazsa kifoya.

Mabodo bu jarayon ham tadbirkorlarimiz vaqtini ketkazadigan bo‘lsa telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zim, markaz xodimlari, shahar va tuman hokimlari maslahatchilari va yetakchi tilshunos olimlardan tarkib topgan guruh ham tashkil etganmiz. Guruhga tashqi reklama faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha tadbirkorlar qo‘shilgan. Ana shu guruhda ular onlayn tarzda chop etadigan tashqi targ‘ibot vositalaridagi yozuvlarni tuzatishlari mumkin.

Tilimiz talaffuzi, yozuvda qo‘llanilishining bu qadar buzilib ketishiga asosiy sabab nima, deb o‘ylaysiz?

– Sabab, bahonani istagancha keltirish mumkin. Sabab nega qidiriladi? Avvalo muayyan muammoning mohiyatiga yetib, uni bartaraf etish uchun. Ammo afsuski, keyingi paytlarda biz faqat oqibatlar haqida bong urishga o‘rganib qoldik.

Bilmadim, keyingi paytda og‘zaki nutqda til qoidalarini atayin buzib, ruscha-inglizcha so‘zlar qo‘shib ishlatish, shevada gapirish holatlari urfga kirayotgandek. Barcha uchun namuna bo‘lishi kerak bo‘lgan televideniyedagi “Xafa bo‘lish yo‘q”, “Omad shou” kabi ommabop ko‘rsatuvlarda ochiqchasiga poytaxt shevasi qo‘llanilayotgani, turli hajviy ko‘rsatuvlarda viloyatlar shevasi, jargon so‘zlar orqali zo‘raki kulgu qo‘zg‘atilayotgan bir paytda aholi so‘zlashuvda ularga ko‘r-ko‘rona taqlid qilmasligi mumkinmi? Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun birinchi navbatda OAVda adabiy tilga rioya etish masalasi qattiq nazoratga olinishi zarur.

Aholi orasida chet tildagi so‘zlarning ommabop, barcha uchun tushunarli, degan qarashning shakllangani ham sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, biror tadbirkorning o‘zi biror bir chet tilini bilmagani holda do‘konining peshtoqiga “Tri bogatir”, “Xozyayushka”, “Xanumka”, “TovarIsh”, “Mir kovyorы” kabi so‘zlarni bitib qo‘ygan. Holbuki ularning o‘rnida sof adabiy tildagi go‘zal nomlarni qo‘ysa bo‘ladi. Ammo buning uchun kitob o‘qish kerak, so‘z boyligini oshirish kerak. Shu o‘rinda yana bir mutoyibali holat kuzatiladi. Yuqorida men tasodifan misol uchun keltirgan ruscha so‘zlarning aksariyati o‘zagi sof turkiy so‘zlar. “Bogatir” – o‘zimizning “bahodir, botir”, “xozyain” – “xo‘jayin”, “xanumka” – “xonim”, “tovarish” – “davradosh”, “kovyor” – “kigiz, kiviz” so‘zlarining rus tilidagi o‘zlashgan shaklidir.

Nafaqat rus, balki o‘sha fransuz, ingliz tillarida ham o‘zimizdan o‘zlashgan so‘zlar talaygina. Masalan “ko‘shk” – “kiosk”, “devon” – “divan”, “jirg‘ot” (qatiqning shevadagi nomi) – yogurt shaklida turli tillarga ko‘chib o‘tgan. Ana shunday dalillar bo‘lgani holda biz tilimizni kambag‘al, jarangsiz, ta’sirsiz deya olamizmi? Shu o‘rinda yana bir haqiqatni aytish joizki, amaldagi “Davlat tili haqida” gi qonunda til me’yorlarini buzganlik uchun qat’iy choralar belgilanmagan. Balki shuning uchun ayrim fuqarolarimiz tilimizga e’tiborsiz munosabatda bo‘layotgandir.

Oddiygina misol. Ko‘chada avtomobilda harakatlanayotganda kamar taqish yoki oq chiziqni bosishdan, ta’qiqlangan tezlikdan yuqori harakatlanishdan qo‘rqamiz. Nega? Chunki yo‘l harakati qoidalarida har bir buzilgan qoida uchun keladigan jazoni bilamiz. Endi til masalasida ham ana shunday qat’iylikka o‘tish kerak.

Buxoro shahri juda ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan hudud. Sayyohlarga o‘z xizmatlarini tushunarli tilda taqdim etish uchun ham ajnabiy so‘zlardan foydalanilayotganini kuzatish mumkin. Ammo mazkur holatda mehmonlarga sifatli xizmat taqdim etish fonida mahalliy aholi huquqi kamsitilyapti. Yuqoridagi holatlarning oldini olish maqsadida viloyatda tadbirkorlarning ham o‘z mahsulotini xorijliklar uchun tushunarli tilda taqdim etish, ham davlat tilida yozilishini ta’minlash maqsadida tegishli tashqi targ‘ibot vositalarini ikki yoki uch tilda yozish tavsiya etilmoqda. Ya’ni lavhadagi davlat tilidagi matn kattaroq hajmda, rus va ingliz tillaridagi matn esa davlat tilidagiga nisbatan ikki barobar kichikroq hajmda yoziladi.

Tarixda juda ommaviy sanalgan lotin, sankstrit, shumer kabi tillar bugun o‘lik tilga aylangan. Ulardan bugun faqat ilmiy atamalarda yoki o‘sha xalqlarning ibodat marosimlarida foydalaniladi, xolos. Aslida biror tilning o‘lik tilga aylanishi bu o‘sha millatning yo‘qolishidir. Chunki millatning o‘ziga xosligini belgilovchi asosiy omil uning tili. Buni mashhur shoir Rasul Hamzatov bir she’rida “ona tilida so‘zlangan suhbat o‘lik tanga jon kiritishi” tashbehi orqali juda go‘zal ifodalaydi.

Demak til millatning ruhi, joni. Uning boyligi va borlig‘i. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugun ellik millionga yaqin aholi so‘zlashadigan tilimiz osongina yo‘q bo‘lib qolmaydi. Bugun biz uchinchi renesansni barpo etish ostonasida turgan ekanmiz, davlatimizning iqtisodiy qudrati oshib borgani sari tilimiz mavqei ham shu qadar ahamiyat kasb etib boraveradi. O‘z navbatida bugun ona tilimizni kompyuter lingvistikasiga maqbullashtirish borasidagi ilmiy harakatlar ham uning davomiyligini ta’minlash yo‘lidagi dadil qadamdir. Qolaversa, davlatimiz rahbarining so‘nggi yillarda til mavqeini oshirish, davlat tili ustuvorligini ta’minlash borasidagi islohotlari ham mazkur fikrlarni dadil ayta olishga imkon beradi.

O‘zA muxbiri Zarif Komilov suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tili qoidalarining buzilishi nafaqat ona tilimiz, balki amaldagi qonunchilikka ham nisbatan hurmatsizlikdir