Davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxlari belgilandi
“2020-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
“2020-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020-yil hosilidan davlat resurslariga 3 019 ming tonna, shu jumladan, 293,5 ming tonna urugʻlik don xarid qilinadi.
Qaror bilan ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxlari belgilandi. Xususan, 1 sinf qattiq bugʻdoyning xarid narxi (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) 1 tonna uchun 2 543 180 soʻmni tashkil etadi.
Barcha don tayyorlov korxonalari va gʻallachilik klasterlari qoʻshimcha xarid qilinadigan donni xoʻjaliklar bilan kelishilgan narxlarda shartnoma asosida xarid qiladi.