Sirdaryo viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Davlat ramzlari – faxrimiz” shiori ostida ijodiy ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yosh avlod qalbida milliy ramzlarimizga nisbatan hurmat, vatanga muhabbat, iftixor va faxr tuyg‘ularini mustahkamlash, bolalarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ko‘rik-tanlov doirasida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida rasmlar tanlovi va “Gerb yonida faxr bilan” nomli ijodiy Fleshmob tashkil etildi. Bu loyihalar orqali yoshlarda milliy timsollarga nisbatan ijobiy munosabat shakllanishi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy ifoda qilish qobiliyati rivojlanishiga zamin yaratildi.

Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar turli to‘garaklarda egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, mazkur ta’lim muassasasining “Ingliz tili” to‘garagi a’zosi Ruxshona Ismonqulova faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘ringa “Tasviriy san’at” to‘garagi a’zolari munosib deb topildi.

G‘oliblar va faol ishtirokchilar “Barkamol avlod” bolalar maktabining faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ramzlari – faxrimiz