O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokidagi brifingda qayd etilishicha, 70 dan ortiq vazirlik va idora hamda barcha tuman (shahar) hokimliklaridagi vakant lavozimlar bo‘yicha 65 ming 214 ta tanlov e’lon qilinib, 751 ming 904 nafar nomzod hujjat topshirgan.

Davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishini, davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar asosida ko‘tarilib borishni ta’minlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof tizimini yaratish eng muhim vazifa etib belgilangan. Bu borada, davlat fuqarolik xizmatiga kirishda inson omilini kamaytirish, barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida Agentlik tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz ishlab chiqildi. 

Ushbu portal davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlarni egallash uchun ochiq mustaqil tanlovlarni tashkil etish bo‘yicha yagona elektron tizim bo‘lib, internet tarmog‘ida “bir darcha” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatadi. Portaldagi davlat organlarining vakant lavozimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda saytga joylashtiriladi va nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish faqat elektron tarzda amalga oshiriladi. 

Vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlovlar  har bir nomzodning vakant lavozimga malaka talablariga mosligini o‘rganish, test orqali uning bilim darajasini sinovdan o‘tkazish hamda  assesment shaklidagi suhbat jarayoni bosqichlaridan iborat. Bunda tanlovning har bir bosqichi natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar nomzodlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, portal orqali joriy yilning 21 aprel holatiga, respublikaning 70 dan ortiq vazirlik va idoralari hamda barcha tuman (shahar) hokimliklardagi mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha 65  ming 214 ta tanlov e’lon qilinib, ushbu vakant lavozimlarga jami 751  ming 904 nafar nomzod tomonidan hujjat topshirilgan.

Vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p tanlovlar Yoshlar ishlari agentligi tizimida 15 ming 794 ta, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tizimida 10 ming 116 ta, Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 7 ming 123 ta, Xalq ta’limi vazirligi tizimida 4 ming  529 ta, Moliya vazirligi tizimida 6 ming 115 ta o‘tkazilgan. 

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali e’lon qilinayotgan tanlovlarda ishtirok etayotgan nomzodlar tanlov jarayoni bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Agentlikning 71-239-34-76 raqamli telefoni yoki Telegram tarmog‘idagi maxsus boti vacancy_argos_bot orqali murojaat qilishlari mumkin. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlarni egallashda shaffoflik ta’minlanmoqda