Soʻnggi vaqtlarda davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayapti.

Oʻzbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish zarurati 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan.

Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash maqsadida Prezidentimizning 2020-yil 2-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Davlat va jamiyat boshqaruvida, kundalik faoliyatimizda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish maqsadida biz fuqarolarning soʻz erkinligi, axborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ijrosini amalda toʻliq taʼminlashimiz zarur. Buning uchun esa, birinchi galda, ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunchilikni takomillashtirish kerak. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazorati ham, ommaviy axborot vositalari ham yagona bir maqsadga, yaʼni xalqimizni rozi qilish va uning turmushini yaxshilashga qaratilganini hammamiz birdek anglashimizni istardim. Har bir davlat organi ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifasiga ega boʻlishi, amalga oshirayotgan ishlari haqida, kerak boʻlsa, har kuni batafsil maʼlumot berib borishi shart”, deb mamlakatimizda ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash muhimligini taʼkidlanganlar.

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi 114 ta davlat organi oʻz elektron portaliga ega. Ularning 86 foizida mobil versiyasi ham mavjudligi aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar tugʻdirmoqda. Bundan tashqari, vazirlik va idoralar rasmiy veb-saytlarida ular faoliyati haqida dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish uchun elektron obuna tizimi joriy etilgan.

Soʻnggi vaqtlarda davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayapti. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ushbu choralar davlat va jamiyat oʻrtasidagi muloqotning yangi yondashuv hamda usullarini tatbiq qilish imkonini berayotir.

Birinchidan — davlat organlarining virtual qabulxonalari boʻlib, u jamoatchilik bilan onlayn-muloqot oʻrnatishning oʻziga xos trendiga aylandi.

Ikkinchidan davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi rasmiy virtual faoliyat sifati ham tobora takomillashib bormoqda.

Bugungi kunda mamlakat rahbari, hukumat, qator vazirlik hamda idoralar Facebook, Twitter, YouTube, Telegram va boshqa zamonaviy AKT tarmoqlaridan unumli foydalanmoqda. Ushbu vositalar Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surish hamda internet foydalanuvchilari bilan muloqot oʻrnatishda asqatyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy hujjatlar, mamlakat ichki va tashqi siyosatining turli masalalari boʻyicha qarashlar chop etilayapti. Bu boradagi oshkoralik rasmiy shaxslar hamda internet foydalanuvchilari oʻrtasidagi muloqotni “virtuallashtirish” va yurtimizda yuz berayotgan jarayonlarni ikki tomonlama muhokama qilish uchun asos boʻlayotir. Facebook hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sahifa va guruhlar ochilishi davlat organlarining internet foydalanuvchilari bilan tezkor muloqot yuritishi uchun qulay platforma yaratadi. Bulardan ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik foydalanishiga ham imkoniyat paydo boʻladi.

Uchinchidan davlat organlari veb-saytlari faolligi sezilarli darajada oshdi. Mamlakatimiz internet nashrlari oʻz faoliyatini zamon bilan hamnafas ravishda takomillashtirib bormoqda. Shu bilan birga, jamoatchilikni davlat organlari faoliyati haqida xabardor etishning amaliy mexanizmlarini belgilashga, fuqarolarga qabul qilinayotgan qarorlar haqida batafsil maʼlumot berishga alohida eʼtibor qaratilayotir. Barcha vazirlik hamda rasmiy idoralar va viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida yangi normativ-huquqiy hujjatlar matni eʼlon qilinmoqda. Jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan ariza, shikoyat va boshqa turdagi murojaatlarni yuborish tartibi, shuningdek, qayta aloqa imkoniyatlari haqida axborot joylashtirilyapti.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni qayd etish kerakki, davlat organlari faoliyat ochiqligi hamda shaffofligini oshirish korrupsiya xavfini bartaraf etishdagi dolzarb vazifalarni toʻlaqonli roʻyobga chiqarish imkonini beradi.

Jamoatchilik nazorati mamlakatimizda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi faol siyosat, keng koʻlamli islohotlar haqida xabardor etish, jamoatchilikning kayfiyatini, munosabatini bilishda ayni muddao hisoblanadi.

XORIJIY TAJRIBA

Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, mazkur davlatlarda korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim oʻrin egallaydi. Xitoyda esa korrupsiyada qoʻlga olingan va aybdor shaxsni ommaviy qatl qilish amaliyoti qoʻllaniladi.

Xorijiy ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan olib borilgan izlanishlarda ham korrupsiyaning har qanday koʻrinishi va shakli aholining iqtisodiy va siyosiy tengsizligini kuchaytirishi, qashshoqlikni oshirishi, ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishiga olib kelib, bozor iqtisodiyotining samaradorligini pasaytirishi va mavjud demokratik institutlarni yoʻq qilishiga sabab boʻlishi alohida taʼkidlangan.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda hamda korrupsiyaga qarshi kurashda Finlyandiya tajribasi diqqatga sazovor.

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Korrupsiyani qabul qilish” indeksi 1995-yildan boshlab dunyoning barcha mamlakatlarida davlat sektorida korrupsiya darajasini aniqlash boʻyicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0 (eng yuqori) 100 (eng past) shkala boʻyicha baholanadi. Shuningdek, ushbu indeks Jahon banki, “World Justice Project”, “Economist Intelligence Unit” va boshqa mustaqil va taniqli institutlar tomonidan ishlab chiqariladigan korrupsiyaga oid maʼlumotlarining turli manbalarini yigʻish orqali baholanadi.

“Korrupsiyani qabul qilish indeksi” boʻyicha korrupsiya darajasi eng past boʻlgan davlatlardan biri Finlyandiya hisoblanadi. Shunisi eʼtiborliki, Finlyandiya Jinoyat kodeksida “korrupsiya“ degan tushuncha mavjud emas. Unda mansabdor shaxslarning poraxoʻrligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan boʻlib, bunday jinoyatni sodir etgan mansabdor shaxslar uchun qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab jarima yoki 4 yilgacha boʻlgan muddatga qamoq jazosi tatbiq etiladi. Ajablanarlisi, Finlyandiyada korrupsiyaga qarshi kurash haqida maxsus qonun mavjud emas, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus organ ham tuzilmagan. Korrupsiyaga umumiy jinoyatchilikning bir qismi qabilida kurash olib boriladi. Finlyandiya Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi, Fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonun, maʼmuriy boshqaruvga oid yoʻriqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlar korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar hisoblanadi. Bularning orasida eng muhimi Axloq qoidalaridir. Finlyandiyada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar ijrosi ustidan nazorat mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, biroq, mutlaq mustaqil faoliyat yurituvchi Adliya kansleri va parlament vakili Ombudsman tomonidan olib boriladi. Ular butun hokimiyat tarmoqlari faoliyatini nazorat qilish vakolatiga egalar. Yuqori martabali mansabdor shaxslarni ayblash haqidagi jinoyat ishlari maxsus tashkil etilgan Davlat sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bu sud hattoki davlat rahbariga nisbatan boʻlgan ishlarni ham koʻrib chiqishi mumkin. Unga - Adliya kansleri, parlament vakili Ombudsman, hukumat vakillari, Oliy sud va maʼmuriy sud sudyalari aʼzo boʻlishi mumkin. Ikkinchi jahon urushidan keyin Davlat sudi bor – yoʻgʻi bir marta chaqirilgan xolos. Finlyandiyada davlat xizmatchilarini korrupsiyalashuvidan saqlovchi muhim omillardan biri - ularning moddiy va ijtimoiy taʼminlanganligidadir.

Alohida taʼkidlash lozimki, Finlyandiyada davlat organlari oʻz faoliyatini ochiq va shaffof tarzda olib borib, rasmiy veb-saytlari orqali faoliyatga tegishli boʻlgan barcha maʼlumotlar joylashtirilib boriladi. Mamlakatda ommaviy axborot vositalari ijtimoiy nazoratning muhim vositasi boʻlib, davlat organlari faoliyati, davlat xizmatchilarining xatti-harakatlari ustidan jamoatchilik nazoratini olib boradi. Hukumat esa, ommaviy axborot vositalariga nafaqat erkinlik yaratib bergan, balki har bir eʼlon qilingan korrupsiya holati boʻyicha aniq choralarni koʻrib boradi.

XULOSA OʻRNIDA

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi ham takomillashtirib borilmoqda. Korrupsiya xavfini oldini olishga masʼul boʻlgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilgani ham oʻz vaqtida qabul qilingan muhim qaror boʻldi. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyatini yana-da yuksaltirish hamda davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish korrupsiyani jilovlashning muhim omili boʻlib qolmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, xalqimizning munosib shart-sharoitda yashashiga, inson huquqlari munosib himoya qilinishiga xizmat qiladi. Bunday islohotlar esa oʻz-oʻzidan Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi imiji ham, reytinglardagi oʻrni ham yaxshilanib borishiga zamin yaratadi.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib davlat organlari faoliyatida korrupsiya xavfini bartaraf etishda quyidagi takliflarni beramiz:

birinchidan, davlat organlari faoliyatidagi oshkoralik va shaffoflikni taʼminlashda elektron hukumatni joriy etishni jadallashtirish;

ikkinchidan, jamoatchilik nazoratini huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, taʼlim, sogʻliqni saqlash, kommunal xoʻjalik, energetika va transport sohalarida kuchaytirish;

uchinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi talablaridan kelib chiqib, qolaversa, bu sohada rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 211-moddasi 1-qismi dispozitsiyasidagi “Pora berish” deb boshlanuvchi soʻzlarni “Pora berishni vaʼda qilish, taklif qilish va taqdim etish” soʻzlari bilan almashtirish maqsadga muvofiq.

Dildora Anvarova,
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti masʼul xodimi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat organlari faoliyati ochiqligi – korrupsiyaga qarshi kurash usuli sifatida...
Жамият
14:37 / 27:10:2020