2024 yil 2 iyulda “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun mazmun-mohiyati haqida Senat a’zosi Quvondiq Sanaqulov quyidagilarni so‘zlab berdi:   

—Respublikamizda davlat mulkini ijaraga berish tizimi yanada takomillashtirildi. Sohaga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb etish, davlat mulkini samarali boshqarish borasida qator tizimli choralar ko‘rib kelinmoqda.   

Shu bilan birga, amalda davlat mulkidan samarali foydalanmaslik va uni ijaraga berish tartibini buzish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar soni ham ortib bormoqda.   

Jumladan, davlat mulki ob’ektlarini balansda saqlovchilar tomonidan davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzish holatlari mavjudligi, jumladan, ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga berilgan mulkning parametrlari va sonini kamaytirish va ijara to‘lovini yashirish kabi holatlar yuzaga kelmoqda.   

Tahlillarga ko‘ra, 2022 yilda 595 (38,2 ming kvadrat metr) va 2023 yilda 581 ta (129,8 ming kvadrat metr) holatda davlat mulkini ijaraga berish tartibi buzilgani uchun balansda saqlovchilardan ijara to‘lovi davlat mulkidan foydalanilgan davrda uning ikki baravari miqdorida, ya’ni 1,8 milliard so‘m undirilgan.   

Shunga ko‘ra “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun bilan davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzish holatlarining oldini olish va bu borada javobgarlikni kuchaytirish belgilangan.   

Qonun bilan davlat mulkini ijaraga berish tartibiga rioya etmaganlik, bo‘sh turgan davlat mulkidan samarali foydalanish bo‘yicha choralar ko‘rmaganlik, shuningdek, davlat mulkini ijaraga olgan tadbirkorlik sub’ektlarining va boshqa shaxslarning huquqlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.   

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 215-8 modda kiritildi.   

Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining ob’ekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto‘g‘ri ko‘rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.   

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.   

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasiga ham o‘zgartirish kiritilib, 215-8 moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga doir ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilandi.   

Huquqbuzarlikka oid ma’muriy bayonnomalar Raqobat qo‘mitasining mansabdor shaxslari tomonidan rasmiylashtiriladi.  

Qonun davlat mulkini ijaraga berishda yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilishi holatlarining oldini olish va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash imkonini beradi.   

Shu bilan birga, qonunning qabul qilinishi davlat mulkidan samarali foydalanilishini, ijaraga oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.   

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat mulkini ijaraga oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi