Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risi"dagi qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi.

Inspeksiya moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini, O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining maqsadli sarflanishini, moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan byudjet qonunchiligiga, shuningdek, byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat moliyaviy nazorat organi hisoblanadi.

Inspeksiyaga byudjet qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha byudjet tashkilotlari bilan birgalikda tizimli ravishda profilaktika ishlarini olib borish;

masofaviy nazoratni faol qo‘llash va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali faoliyat samaradorligini oshirish;

davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ularni aniqlash, tahlil qilish va yuzaga keltiruvchi omillarini bartaraf etish va Inspeksiya faoliyatiga oid ma’lumotlar va nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan hisobotlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish vazifasi yuklatilgan.

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi