Shu kunlarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global geofazaviy axborot boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan 12-yalpi majlisda “Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovatsiyalarni qabul qilish” mavzusida forum a’zolari Milliy geofazoviy agentliklar, geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishmoqda.
Mazkur forumda Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev ham “O‘zbekistonning rivojlanishida geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish” mavzuidagi taqdimot bilan ishtirok etdi.
Unda dunyo mamlakatlari vakillariga Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo‘nalishlari, Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko‘chmas mulk ob’ektlari haqida ma’lumotlar taqdim qilindi.
Shuningdek, taqdimot so‘nggida Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalar bilan tanishtirib o‘tildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA