O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro va mahalliy bozorlarda sotishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular: 

a) 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqarish; 

b) 12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazishdan iborat. 

Qarorga muvofiq: 

a) Professional konsultantlarni jalb qilgan holda xalqaro va mahalliy bozorlarda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiyalar paketlari (ulushlar) ro‘yxati; 

b) Xalqaro va mahalliy fond bozorlarida aksiyalarining birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ro‘yxati; 

v) Davlat ishtirokidagi ayrim yirik korxonalarni sotish mexanizmi; 

g) Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarni) xususiylashtirish oldi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi va uning asosiy vazifalari  tasdiqlandi. 

2025 yil 1 iyulga qadar Energetika vazirligining yoqilg‘i yetkazib berishning eng kam miqdori bo‘yicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolari e’lon qilinadi.  

Tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi yakuni bo‘yicha "O‘zmetkombinat" AJning ustav kapitalidagi davlat ulushi savdoga chiqariladi.

2025 yil 1 dekabrga qadar 2030 yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro va mahalliy bozorlarda sotishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi