Toshkentda “Davlat xizmatida iste’dodli shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalasi” mavzusida xalqaro davra suhbati hamda “Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda mutasaddi tashkilotlar – vazirlik, idoralar rahbar kadrlari, shuningdek Angliya, Germaniya, Latviya, Fransiya, BAA, Koreya, Singapur, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan soha ekspertlari, davlat xizmatchilari ishtirok etdi.




Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad “Davlat xizmatini rivojlantirish-2030” strategiyasi loyihasini ishlab chiqish uchun asosiy yo‘nalishlarni belgilashdan iborat.



Anjumanning ikkinchi kuni xorijiy ekspertlar ishtirokida seminar tashkil etilib, salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirish masalasi, iste’dodli shaxslarni davlat xizmatiga jalb qilishning zamonaviy, samarali mexanizmi muhokama qilindi. Muloqot jarayonida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda strategiya loyihasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi. Yakunda ustuvor yo‘nalishlar, asosiy vazifalar, mas’ul ijrochilar belgilanib, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishildi.
G.Sattorova, O‘zA