Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Bu jihatlar xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni xalqaro doiralarda ham targ‘ib qilib, butun dunyo jamoatchiligi diqqat-e’tiborini ayni masalaga qaratib keladi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida ham milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad – oilalar mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta’minlashdan iborat ekaniga urg‘u berib, jumladan, “Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Xotin-qizlar” tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanimizni ta’kidladi. Shuningdek, kelgusi yili O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif qildi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash borasida ilg‘or tajribalar o‘zlashtirilib, ijobiy natijalarga erishilmoqda. Pirovardida, o‘tgan yili oliygohlarga qabul qilingan talabalarning 49 foizini qizlar tashkil etdi.

Gap jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish haqida ketar ekan, bu yo‘lda e’tirofli jihatlar ko‘p. Avvalo, shuni aytish mumkinki, o‘tgan yillarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib sharoitlar yaratish yo‘lidagi chora-tadbirlar samaradorligini kuchaytirish maqsadidaturli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Bu boradagi islohotlarning navbatdagi bosqichi sifatida davlat fuqarolik xizmatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlashga kirishilgani ham e’tiborga molikdir.

Bugun oldimizda katta maqsadlar turibdi. Ular orasida esa jamiyatimizning yangi qiyofasini shakllantirish vazifasi birlamchi sanaladi. Bu, albatta, xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor va ularga yaratib berilayotgan munosib turmush sharoitida o‘z aksini topadi.

Shu maqsadda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030" strategiyasida ham bir qator chora-tadbirlar belgilangan.

Jumladan, “O‘zbekiston – 2030" strategiyasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash maqsadida, birinchidan, gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish, ikkinchidan, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, uchinchidan, “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha milliy dastur, 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi. Saylov kodeksiga muvofiq ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi belgilandi.

Barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining kamida bir nafar o‘rinbosarini xotin-qizlar orasidan tayinlash tizimi joriy etildi. Natijada, rahbar ayollar soni 2017 yilda 27 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib 33 foizga yetdi. Ayollarning ulushi tadbirkorlik sohasida 37 foiz, siyosiy partiyalarda 47 foiz, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida 46 foiz, tibbiyotda 77 foizni tashkil etmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 33 foizi, Senat a’zolarining 24 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining 25 foizi ayollardan iborat. Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 2018 yilda 2,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda qariyb ikki barobarga oshdi va 5,7 foizga yetdi. Kattaqo‘rg‘on shahar, Bo‘ston, Olot, Boyovut va Yakkasaroy tumanlarini ayol hokimlar boshqarmoqda. Sud tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 181 ayol sudyaning 26 nafari rahbarlik lavozimida mehnat qilib kelmoqda.

Yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramasdan davlat fuqarolik xizmatida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning boshqaruv lavozimlaridagi ulushi esa 27 foizni tashkil etadi. Xotin-qizlarning boshqaruv lavozimlarida ulushini yanada ko‘tarish maqsadida Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv kurslari tashkil etildi va har yili zaxiraga olingan xotin-qizlarning 100 nafarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

Vatanimiz va xalqimiz oldidagi munosib xizmatlari uchun 17 ayol eng oliy mukofot – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Ilm-fan nufuzini yanada oshirishga katta hissa qo‘shgan, yangi ilmiy maktablar yaratgan 12 olima akademik ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Oxirgi uch yilning o‘zida 463 xotin-qiz fan doktori (DSc), 2816 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Jamiyat va davlat hayotida faol, tashabbus ko‘rsatgan ayollar bilan bir qatorda farzandlarini barkamol insonlar etib voyaga yetkazgan uy bekalariga ham beriladigan “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi va shu kunga qadar 1451 ayol taqdirlandi.

Bu boradagi ishlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilgan ma’muriy islohotlar ham muhim o‘rin tutadi. Mana shu islohotlar fonida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda ayollar salmog‘i oshmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari orasidan eng munosiblari “Salohiyatli kadrlar rezervi”ga kiritilmoqda. Ular belgilangan tartibda bir qator faoliyatni amalga oshiradi. Zaxiraga olingan nomzodlar faoliyati qoniqarliligini belgilovchi sektor rahbarlari xulosalari olinadi. Belgilangan tartibda test sinovlari va suhbat bosqichi tashkil etiladi.

Zaxiraga olingan nomzodlarning shaxsiy rivojlanish rejasi shakllantiriladi. Ularning ish faoliyati bilan bog‘liq turli tadbirlar, OAVda chiqishlari, maqolalari, o‘z ustida ishlashi, ishdan tashqari kitob mutolaasi kabi mezonlar asosida bilim va ko‘nikmasi oshirib boriladi. Onlayn malaka oshirish kurslarida ishtirok etadi va maxsus sertifikatga ega bo‘ladi. Davlat boshqaruvi akademiyasida bosqichma-bosqich malaka oshiradi. Nomzodlar vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari rahbarlariga, tegishliligi bo‘yicha mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlariga belgilangan reja-grafik asosida dublyor sifatida biriktiriladi va boshqaruv ko‘nikmasi ortadi hamda faoliyati OAVda yoritilib boriladi.

“Salohiyatli kadrlar rezervi”ga olingan nomzodlardan ayrimlari xorijda stajirovka o‘taydi.

Shu tariqa jamiyatimizning yangi qiyofasi shakllana boradi. Ayol baxtli bo‘lsa oilada va jamiyatdagi muhit barqaror bo‘ladi. Barqarorlik bor joyda esa ulkan-ulkan marralarni ko‘zlab yuksakka intilish mumkin. Bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar samaradorligini ta’minlashda esa davlat fuqarolik xizmatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Maryam Abdukarimova, 
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 
Toshkent shahar filiali bosh inspektori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat fuqarolik xizmatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish – muhim vazifa