Davlat ekologik ekspertizasining ahamiyati nimada? (+video)
Davlat ekologik ekspertizasi mo‘ljallanayotgan va rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash va davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Iqtisodiyot rivojlanmoqda, loyihalar soni ortib bormoqda, yirik sanoat, infratuzilma va strategik ahamiyatga ega loyihalar ko‘paymoqda. Shu sababli ekologik baholashning yanada kuchli, tushunarli va zamonaviy tizimini joriy etish zarurati yuzaga keldi.
Joriy yilning 11-mayida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi mexanizmlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham xo‘jalik va sanoat faoliyatining atrof-muhit hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olish va kamaytirishga qaratilgan zamonaviy mexanizmlarni joriy etish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.
Davlat ekologik ekspertizasi markazi mutaxassisi Durbek Farmonov ekologik baholashning yanada kuchli, tushunarli va zamonaviy tizimini joriy etish zarurati, amalda qonunlarning mohiyati xususida gapirib berdi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA