"Bu kabi e’lonlarni tarqatishdan maqsad Rossiyaning ushbu mojaroda bosqinchi ekanini buhton va yolg‘on xabarlar vositasida yashirishga urunishdan iborat", - deya ta’kidlagan Davlat departamentining rasmiy vakili juma kuni TASS muxbiriga Donbassda yuzaga kelgan keskin vaziyat tufayli Donetsk va Lugansk xalq respublikalaridan tinch aholi Rostov viloyatiga ko‘chirilayotganiga izoh berar ekan.

"Begona bayroq ostida amalga oshirilayotgan bunday amaliyot AQSH davlat kotibi Entoni Blinken BMT Xavfsizlik Kengashida chiqish qilganida barchaning e’tiborini tortgan masalaning aynan o‘zi", - degan amerikalik diplomat.

"Bundan tashqari, uning fikricha, gap bu yerda  odamlardan oddiy piyoda sifatida foydalanib, xalqaro hamjamiyat e’tiborini Rossiyaning hujumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida qo‘shinlarini ko‘chaytirayotganidan chalg‘itishdir". AQSH tashqi siyosat idorasi vakilining fikricha, "keskinlikning yuzaga kelishida Ukraina xalqiga tahdid solayotgan Rossiya yagona aybdor hisoblanadi".

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat departamentining ta’kidlashicha, Donbassda amalga oshirilayotgan evakuatsiya Rossiyaning "bosqinchiligini" yashirishga qaratilgan