Shu kunlarda mamlakatimizda "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ushbu hujjatni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirilmoqda.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham davlat dasturi loyihasi muhokamalarida ishtirok etib, unda ko‘zda tutilgan maqsad-vazifalarning mazmun-mohiyati hamda xalq vakillari oldida turgan vazifalar xususida o‘z munosabatini bildirmoqda.    

Dilmurod Ortiqov, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi:  

—  Davlat dasturi loyihasining muhim jihatlaridan biri atrof-muhitni asrash yo‘nalishidagi ko‘p masalalar qatori "yashil" iqtisodiyot bilan bog‘liq vazifalar belgilanganidir. "Yashil" iqtisodiyot sohasida ko‘tarilgan takliflar alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, “Yashil tadbirkor” platformasini ishga tushirish taklifi ilgari surilayotgani e’tiborga molik.  

“Yashil tadbirkor” maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlar ko‘plab qo‘llab-quvvatlash choralariga ega bo‘ladi. Eng avvalo, bunday tadbirkorlarga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi. Shuningdek, muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etiladi. Shu bilan birga, xalqaro bozorlarga chiqishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorlik reytingi doirasida qo‘shimcha ball berish nazarda tutilmoqda.  

“Yashil tadbirkor” maqomiga erishishning talablari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ya’ni, korxona egasi atrofni ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shsa, o‘z tadbirkorligi hududida yashil bog‘ tashkil etsa, sirkulyar iqtisodiyot tizimini joriy qilsa, umuman, shu bilan bog‘liq talablarni bajarsa, o‘sha tadbirkorga “Yashil tadbirkor” maqomi beriladi. Mazkur qo‘llab-quvvatlash choralari tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.  

Vasila Fayziyeva, O‘zMTDP fraksiyasi a’zosi:  

— Ta’lim sohasi yoshlarimizning kelajagini belgilab beruvchi poydevordir. Ushbu poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, kelajagimiz shunchalik barqaror bo‘ladi. Bu borada davlat dasturi loyihasida bir qator maqsad-vazifalar belgilangan. Jumladan, oliy ta’limda davlat granti o‘rinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik, texnika va tibbiyot kabi yo‘nalishlarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkazilishi belgilangan. Bu bilan ushbu sohalarga yoshlarning qiziqishini yanada oshirishga erishiladi.  

Bundan tashqari, respublikamizning har bir tuman va shaharida bittadan inklyuziv ta’lim olish imkoniyatlari yaratilgan maktabni bosqichma-bosqich tashkil etish vazifasi belgilab berilgan. Bu esa joylarda imkoniyati cheklangan farzandlarimizning hech kimdan kam bo‘lmagan tarzda ta’lim olishiga xizmat qiladi.  

Umuman, dastur loyihasidagi har bir yo‘nalish va maqsad bugunimiz va ertamiz uchun dolzarb. Shunday ekan, biz xalq vakillari dasturdan o‘rin olgan vazifalar ahamiyatini aholiga yetkazishda faol ishtirok etishimiz lozim.    

Muhtarama Komilova yozib oldi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturi muhokamasida deputatlar faol