Bojxona qo‘mitasida joriy yildagi faoliyat sarhisobi va kelasi yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan adolatli va xalqchil siyosat, jadal islohotlar hamda xalqimizning fidokorona mehnati tufayli so‘nggi yillarda iqtisodiyot ikki karra o‘sgani ta’kidlandi.

Xususan, sanoat korxonalariga 24 mlrd. dollarlik uskunalar olib kelinib, 63 mingta yangi quvvat ishga tushirildi. Natijada 1,5 millionta ish o‘rinlari yaratilib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 3 ming dollarga yetdi. Kambag‘allik darajasi 23 foizdan 11 foizga tushdi. Jahonda iqtisodiy raqobat tobora kuchayib borayotganiga qaramasdan, tovarlar eksporti bir yilda deyarli 1 mlrd. dollarga oshib, 11,1 mlrd. dollarni tashkil qildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi tadbirlar natijasida ko‘pgina tovarlarni import qilish kamaydi. Masalan, transport va ularning ehtiyot qismlari, kimyo sanoati mahsulotlari, plastmassa va undan ishlangan buyumlar, mineral o‘g‘itlar, mebellar va ularning qismlari, keramika buyumlar, nasoslar, gigiyena vositalari va paxta tolasi importi 2 mlrd. dollarga kamaydi.

Mazkur jarayonlarda bojxona organlari ham munosib ishtirok etib, mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Yakuniga yetayotgan yilda 17 mingga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bojxona to‘lovlaridan 49,6 trln. so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanildi, 6,6 trln. so‘mlik bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.

Davlat byudjetiga undirilgan bojxona to‘lovlari o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshishiga erishildi. 9 mingga yaqin holatda 914 mlrd. so‘mlik tovarlar, 35 mlrd. so‘m ekvivalentidagi valyuta qimmatliklari, 76 mlrd. so‘mlik zargarlik buyumlari, 63 mlrd. so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.

Joriy yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta o‘q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Sohani raqamlashtirish hisobiga eksportda 91 foiz, importda esa 75 foiz deklaratsiyalar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi. Bunda 54 mingdan ortiq eksport va import deklaratsiyalarining rasmiylashtiruvi inson omilisiz amalga oshirildi.

Eng asosiysi, bojxona tartibotlarini soddalashtirish orqali 6 mingga yaqin eksportyor hamda 20 mingga yaqin importyorning ortiqcha sarf-xarajati va vaqti tejalishiga erishildi.

Ijtimoiy ob’ektlarni qo‘llab-quvvatlash, qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish yo‘nalishlarida Toshkent shahri, Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida 7 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uylari qurilib, foydalanishga topshirildi.

474 ta loyihalar ijrosida 7 mlrd. dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini muvofiqlashtirish ishlari tashkil etildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari va qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarishga qaratilgan 5,3 trln. so‘mlik 375 ta yangi loyihalar ishga tushirildi.

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi ortidan 12 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari vujudga keldi.

“Bojxona hududida qayta ishlash” rejimini ommalashtirish orqali ushbu rejimdan foydalanayotgan tadbirkorlar soni 350 taga yetkazilib, qayta ishlangan tovarlar eksporti bir yilning o‘zida 42 foizga yoki 305 mln. dollarga ko‘payib, 1 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlashga qaratilgan topshiriqlar doirasida esa joriy yilning bugungi kun holatiga 98 124 ta ob’ektga 965 MVt quyosh panellari o‘rnatilishi nazorat qilindi.

Bu jarayonlarda bojxona organlarining o‘zi ham munosib ishtirok etmoqda. Hozirga qadar 71 ta bojxona ob’ektiga 3,8 MVt quyosh panellari o‘rnatilib, 5 mlrd. so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari elektr energiya iste’molidan iqtisod qilindi. Yig‘ilishda erishilgan natijalarga mahliyo bo‘lmasdan, soha oldida turgan muammoli masalalar, takomillashtirishni kutib yotgan normativ-huquqiy hujjatlar va axborot tizimlari, tartibli tashkil etishga muhtoj bo‘lgan nazorat tartibotlari ustida ko‘proq ishlash zarurligi ta’kidlandi. Shu boisdan kelgusi yilda faoliyatda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga xizmat qiluvchi qator takliflar muhokama qilindi va 2025 yil uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat byudjetiga undirilgan bojxona to‘lovlari o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshishiga erishildi