2025 yilning birinchi choragidagi islohotlar

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi O‘zbekistonda davlat boshqaruvini xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi, faol va samarali mexanizmga aylantirishga qaratilgan. 

Yilning birinchi choragida qonun ustuvorligini ta’minlash va davlat boshqaruvini tashkil etish sohasida amalga oshirilgan choralar davlat siyosiy islohotlarining uzviy davomi sifatida ko‘riladi. Bu jarayonlarda huquqiy asoslarni mustahkamlash, samarali nazorat tizimlarini joriy etish va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. 

Eng avvalo, davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish orqali ish jarayonlarini maqbullashtirishni jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 fevraldagi qarori bilan 2025 yil 1 iyuldan boshlab xususiy sektorga o‘tkaziladigan davlat xizmatlari va funksiyalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu orqali 7 ta vazirlik va idoralarning qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm, qurilish kabi sohalardagi 11 ta davlat funksiyasi xususiylashtirilishi belgilandi.

Ushbu islohot mamlakatda davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va xususiy sektorning iqtisodiyotdagi faol ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi. Xususiy sektorning tajriba va innovatsion yondashuvlari orqali raqobatbardosh xizmatlar muhiti shakllanadi, bu esa aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va qulayligini oshirish bilan birga, davlat byudjetidan moliyaviy yukni kamaytirish orqali resurslarni boshqa ustuvor yo‘nalishlarga qaratish imkoniyatini beradi. Bu qadam O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanish yo‘lidagi strategik maqsadlariga muvofiqdir. 

Mazkur islohotlar davlat xizmatlari shaffofligi va samaradorligini yanada oshiradi. Masalan, qishloq xo‘jaligida ilg‘or agrotexnologiyalar, qurilishda energiya tejovchi yondashuvlar, ta’limda raqamli platformalar qo‘llanishi sohalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, davlat tomonidan samarali nazorat va tender jarayonlarining ochiqligi ta’minlanib, xususiy sektor faoliyatining adolatli va qonun doirasida amalga oshirilishi kafolatlanadi. Bu islohotlar natijasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligi kuchayadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholi farovonligi yuksaladi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi maqsadida 2025 yil 10 fevralda Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi. Qaror asosida davlat inspeksiyalari Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga biriktirildi. Bu orqali parlament nazoratining amaliy mexanizmlari yaratildi va ijro etuvchi organlarning mas’uliyati kuchaytirildi. Shu bilan birga, Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va tahlil markazlari ham biriktirilishi qonun ijodkorligi jarayonida ilmiy yondashuv, tahlil va ekspert xulosalariga asoslangan qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. 

Joriy yilning fevral-mart oylarida ushbu hamkorliklarni mustahkamlash maqsadida 50 dan ortiq ilmiy muassasa va tahlil markazlari bilan memorandumlar imzolandi. Bu jarayon davlat boshqaruvida yangi – tahlil va dalilga asoslangan qaror qabul qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu nafaqat qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini oshiradi, balki ularning hayotga tatbiq etilishini ham samarali boshqarish imkonini beradi. 

Axborot siyosatini takomillashtirishdagi yana bir muhim tashabbus – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovini e’lon qilganidir.  Ushbu tanlov axborot xizmatlarining professionallik darajasini ko‘tarish, fuqarolarga tezkor va ishonchli ma’lumot yetkazishda raqobatbardosh muhit yaratishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tanlov davlat idoralarining ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilishini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib, axborot siyosatining zamonaviy talablarga moslashuviga yordam beradi. 

Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida Oliy Majlis Senati Kengashining 2025 yil 28 yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori muhim qadamdir. Ushbu qaror mahalliy Kengashlar va deputatlarning nazorat-tahlil faoliyatini kuchaytirish, aholining murojaatlariga tezkor va asosli javob berishni ta’minlashda alohida ahamiyatga ega. 

Xulosa qilib aytganda, 2025 yilning birinchi choragidagi ushbu islohotlar davlat boshqaruvini markazdan xalqqa yaqinlashtirish, qarorlar qabul qilishda jamoatchilik va ilmiy tahlillarga tayanish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy bazani mustahkamlash kabi ko‘plab sohalarni qamrab oldi. 

Bu jarayonlar davlat tizimini nafaqat isloh qilish, balki uni xalqqa xizmat qiluvchi mexanizm sifatida qayta qurish yo‘lida muhimdir.

Inobat HAKIMOVA,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh mutaxassisi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat boshqaruvida yangi – tahlil va dalilga asoslangan qaror qabul qilish madaniyati shakllanmoqda