O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.

Akademiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi: 

a) ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchilari va boshqaruv kadrlarining salohiyatini muntazam rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish; 

b) davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qitish; 

v) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tayanch tavsiyalari hamda milliy qadriyatlarimiz va axloq normalarini inobatga olgan holda yaratiladigan professional kompetensiyalar asosida kadrlar tayyorlash va ularning salohiyatini muntazam oshirishni tashkil etish; 

g) ta’lim dasturlarini xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish hamda ularni boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qonunchilik talablari va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida rivojlantirishga yo‘naltirish; 

d) ta’lim va tadqiqot jarayonlarini fakultetlar va kafedralar negizida tashkil etiladigan ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan ta’lim-tadqiqot-amaliyot maktablari orqali olib borish; 

ye) boshqaruv kadrlari va davlat xizmatchilarini tayyorlash, ularning malakasini oshirishda raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash, ularning raqamli kompetensiyalarini muntazam oshirib borish; 

j) Akademiya faoliyatini strategik rivojlantirish, uni xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik salohiyatini kuchaytirish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish; 

z) davlat xizmatchilarida zamonaviy rahbarning "ma’naviy qiyofa"sini shakllantirish asosida ta’lim dasturlarini tashkil etish; 

i) ta’lim va tadqiqot jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajribalarga muvofiq LMS tizimi va "Raqamli akademiya" platformasi orqali tashkil etish; 

k) davlat xizmati va boshqaruvini takomillashtirish, "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi, soha va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni samarali bajarish va maqsadlarga erishish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va amaliy takliflar ishlab chiqish. 

Akademiyada 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi. 

2026 yil 1 yanvardan boshlab Akademiyada muddati 6 oygacha bo‘lgan quyidagi qayta tayyorlash ta’lim dasturlari joriy etiladi: 

a) geosiyosat, global xavfsizlik, barqaror rivojlanish, loyiha boshqaruvi, Ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq tashkil etiladigan maxsus kurslar; 

b) tashabbuskor  ayollarning rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni davlat xizmatiga tayyorlash uchun - "Rahbar ayollar" dasturi; 

v) istiqbolli yoshlarni davlat xizmatiga jalb etish hamda yosh davlat xizmatchilarining yetakchilik va boshqaruvchilik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun –  "Kelajak liderlari" dasturi;

g) davlat organlari va tashkilotlarining rahbar va boshqaruv kadrlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun - "Tizimli tahlil, strategik rejalashtirish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish" dasturi;

d) hokimlar va ularning o‘rinbosarlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun – "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish" dasturi; 

ye) davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosatiga mas’ul tarkibiy tuzilma rahbarlari uchun – "Kadrlar zaxirasini shakllantirish va inson resurslarini rivojlantirish" dasturi; 

j) davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari bo‘yicha loyihaviy boshqaruv va monitoring ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun – "Davlat dasturlari va loyihalarini samarali boshqarish" dasturi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi