Birlashgan Arab Amirliklarida poyoniga yetib borayotgan “Katta dubulg‘a” turniri dzyudochilarimiz uchun yakunlandi.

Kechki dasturda Davlat Bobonov (-90 kg) bronza medali uchun tatamiga chiqdi. Yarim finalda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan "Tokio–2020" olimpiadasi sovrindori bronza medali uchun fransiyalik Fransis Damerga qarshi bahs olib bordi. Tajriba bobida ustun bo‘lgan hamyurtimiz bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Afsuski, bugun startga chiqqan boshqa vakillarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi.  

Shu tariqa terma jamoamiz Abu- Dabi “Katta dubulg‘a” turnirini 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi. Eslatib o‘tamiz, kechagi dasturda Hikmatilloh To‘rayev -73 kg vaznda finalgacha yetib borgan edi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat Bobonov Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turnirini bronza medali bilan yakunladi