18 noyabr — Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Xalqaro an’analarga ko‘ra, davlatning siyosiy mustaqillikka erishishini, dunyo maydonida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini bayroq, madhiya va gerbsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.  

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida xorijdagi hilpirab turibdi.  

Davlatimiz bayrog‘i ilk bor baland ko‘tarilgan hudud va ob’ektlar borasidagi ayrim tarixiy fakt va ma’lumotlarni taqdim etishni maqsad qildik.  

Ma’lumki, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII Sessiyasida qabul qilingan va shu kundan e’tiboran O‘zbekiston hududida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i mustaqillik, hurlik, barqarorlik timsoli sifatida baland ko‘tarildi.  

O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning va millatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tashkilot — Birlashgan millatlar mashkilotiga a’zo bo‘ldi. Ayni shu sanadan boshlab O‘zbekiston bayrog‘i BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohi oldida, nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va davlatlarning bayroqlari qatorida baland ko‘tarildi va muntazam hilpiramoqda.  

Mamlakatimizning mustaqil rivojlanishi solnomasida Turkiya alohida o‘rin tutadi. Boisi Turkiya Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan davlat sifatida tarixda qolgan.  

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatiya aloqalari 1992 yil 4 mart kuni o‘rnatilib, o‘sha yilning aprel oyida Turkiyaning Toshkentda elchixonasi ochilgan. 1993 yil may oyidan boshlab esa Anqarada O‘zbekiston elchixonasi, 1996 yil oktyabr oyidan e’tiboran Istanbulda bosh konsulxona ish boshlagan. Albatta, O‘zbekiston elchixonasi va bosh konsulxonasi ish boshlagan kundan e’tiboran mamlakatimiz bayrog‘i turklar zaminida ham baland ko‘tarildi.  

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan birinchi davlatlardan yana biri. Diplomatik aloqalar 1992 yil 19 fevralda o‘rnatilgan va O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi birinchi elchixonasi 1993 yil fevral oyida ochilgan. Shu vaqtdan boshlab O‘zbekiston bayrog‘i AQSH hududida ham hilpiray boshladi. 

YUNESKO — BMTning ta’lim, madaniyat va fan masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti. O‘zbekiston YUNESKOga 1993 yil 26 oktyabrdan mustaqil davlat sifatida a’zo bo‘lgan va bu tashkilotning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu sanadan boshlab tashkilotning Parijda, Fontenua maydonida joylashgan shtab-kvartirasi oldida O‘zbekiston bayrog‘i sarbaland turibdi.  

1992 yilda Birinchi Prezident Islom Karimov farmoni bilan «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tashkil etildi. Ilk parvozlar mamlakat ichida amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinroq «Toshkent-London» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys yo‘lga qo‘yildi. Ushbu parvozlar barobarida milliy havo kemalarimizga tasviri tushirilgan O‘zbekiston bayrog‘i ham samo kengliklarida parvoz qila boshlagan.  

Dunyoning 372-kosmonavti, Rossiyaning sakson sakkizinchi va birinchi o‘zbek kosmonavti Solijon Sharipov kosmosga 1998 yilning 23 yanvaridan 31 yanvarigacha qilgan ilk parvozi davomida O‘zbekiston Davlat bayrog‘ini Shimoliy qutbga o‘rnatdi. U O‘zbekiston Respublikasining «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.  

O‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 2021 yil 1 iyun kuni Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga (8848 metr balandlikka) chiqqanda, O‘zbekiston bayrog‘i va Prezident Shavkat Mirziyoyev suratini ko‘tardi. Bu Nepal tomonidan o‘zbekistonlik alpinistning birinchi marta Everest cho‘qqisiga chiqishi edi. Keyinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Everestni zabt etgan alpinistni "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni va Trailblazer avtomobili bilan mukofotlagan.  

2019 yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi uchun, shuningdek, 2020 yil 1 sentyabrda O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan dunyodagi eng baland bino — Burj Xalifa O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi.

Bayrog‘imizning porlab turgan ranglari har tomondan ko‘rinib turar edi.  

Bundan tashqari, Davlatimiz bayrog‘i o‘tgan 31 yil davomida ko‘plab xalqaro sport musobaqalarida, Olimpiyada o‘yinlarida g‘alaba qozongan yuzlab sportchilarimiz tomonidan dunyo maydonlarida baralla ko‘tarilgan va bu shonli lahzalar yanada keng miqyosda davom etmoqda.  

Muhtarama Komilova tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat bayrog‘i ilk bor ko‘tarilgan tarixiy sana va voqealar...